Ukraina tomonining bayonotlari

Volodimir Zelenskiy özining odatiy tungi murojaatnomasida janglarda vafot etgan jurnalistning yaqinlariga ta’ziya izhor qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Foto: president.gov.ua

«Bugun taniqli jurnalist Aleksandr Maxov vafot etdi. Xarkov oblastida, Izyum şahri ostonasidagi janglarda. U 36 yoşda edi. Men uning yaqinlari va döstlariga samimiy ta’ziyamni izhor qilaman.

Uning öğli Vladislav bilib qöyişi kerak: Rossiya bu ölim uçun javob beradi. Biz albatta Ukraina uçun ğalaba qozonamiz. Aminmanki, bu Aleksandrning ham orzusi bölgan. Biz uni amalga oşiramiz. U va Ukraina uçun jon fido qilgan barça qahramonlarimizning yodi abadiy!» — degan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT boş kotibi Antoniu Guterrişga «Azovstal» zavodi hududidan barça yaralanganlarni olib çiqişda yordam berişni sörab murojaat qildi.

Ukraina qurolli kuçlari birlaşgan operatsiyasi ötgan sutka içida erişilgan muvaffaqiyatlar haqida quyidagiça ma’lumot bermoqda (eslatib ötamiz, uruş davrida e’lon qilingan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekşirişning imkoni yöq):

  • Duşmanning 11 ta hujumi muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.
  • 5 ta tank, 7 ta harbiy zirhli texnika, 5 ta avtomobil yöq qilingan.
  • Havo hujumidan mudofaa bölinmalari Donbass osmonida 2 ta Su-30 samolyoti, «Orlan-10» va «ZALA-421» tipidagi 2 ta pilotsiz uçar qurilmalarni urib tuşirgan.

Harbiy havo kuçlari qömondonligining ma’lumotlari