Prezident farmoni bilan Aziz Abduhakimov boş vazir örinbosari - turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Şuningdek, prezidentning tegişli qarori bilan:
- Uluğbek A'zamov turizm va sport vazirining birinçi örinbosari lavozimiga;
- Abdulaziz Oqqulov turizm va sport vazirining örinbosari lavozimiga;
- Avaz Karimov turizm va sport vazirining örinbosari lavozimiga;
- Zarif Qozoqov turizm va sport vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning tegişli qarori asosida boşqa işga ötişi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Ravşan Ermatov hamda jismoniy tarbiya va sport vaziri örinbosari Nodir Murodov lavozimidan ozod etildi.

Prezident qarori bilan boşqa işga ötişi munosabati bilan Faxriddin Davrukov Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib ötamiz, 2021 yil 6 apreldagi prezident farmoniga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi negizida Turizm va sport vazirligi taşkil etildi.
















