Markaziy bank xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan 7 mayda amalda böladigan qiymatini belgiladi.
Unga köra, dollarning rasmiy kursi 16,66 sömga pastlab, 11 115,90 sömni taşkil qildi. Yevro 47,67 sömga pastlab, 11 750,62 söm böldi. Rubl 2,49 sömga pastlab, 167,34 söm böldi.

Bu uşbu valuta kursi ketma-ket sakkizinçi marta pasayişidir.
Eslatib ötamiz, mart oyi örtalarida dollar kursi keskin kötarila boşlagan, 15 mart kuni tijorat banklarida ilk bor dollar kursi 11 200 sömdan oşgandi, keyingi kunlarda tezkor sur’atlardagi ösiş davom etib, bir dollar 11 500 sömdan ham oşib ketdi. 24 mart kuni kurs rekord - 11 509,59 sömgaça kötarilgandi.
Kurs aprel oyining ikkinçi yarmidan tuşa boşladi va 28 aprel kuni sönggi ikki oyda ilk bor 11 200 sömdan pastga tuşdi.











