Heritage Foundation tadqiqot markazi «Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2022» hisobotini e’lon qildi.

Unda Özbekiston 177ta mamlakat orasida 55,7 ball bilan 117-örinni egallagani qayd etilgan. Sönggi hisobotga köra, mamlakat reytingi 2,6 ballga yomonlaşib, 9 poğonaga pastlagan va iqtisodiyoti erkin bölmagan mamlakatlar guruhidan joy olgan.

Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi

Iqtisodiy erkinlik indeksida respublika 12ta indikatorning 8tasida salbiy özgarişlarni qayd etgan, 4ta indikatorda esa ijobiy özgarişlar kuzatilgan. Reytingdagi umumiy pasayişga sud samaradorligi va mulkçilik huquqi böyiça vaziyat orqaga ketgani jiddiy ta’sir körsatgan.

«Qonunan köçmas mulkka egalik huquqi hurmat qilinsa-da, korrupsiya keng tarqalgani sababli xususiy mulk huquqlarini ta’minlaş juda qiyin. Sud tizimi mustaqil, biroq hukumat aralaşuvi va korrupsiya holatlari mavjud. Byurokratiya va poraxörlik keng tarqalgan», deyiladi tadqiqotçilar izohida.

Şu bilan birga, oxirgi beş yilda Özbekiston mazkur reytingda umumiy jihatdan qaraganda 35 öringa (152-örindan 117-öringa) yuqorilagan.

Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi

Hisobot 2020 yilning 1 iyulidan 2021 yilning 30 iyunigaça bölgan davrga oid ma’lumotlar bazasidan kelib çiqqan holda taqdim etilgan.

Ma’lum qilinişiça, Özbekiston reytingda Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi 39ta mamlakat orasida 25-örinni egalladi.

MDH mamlakatlari orasida eng yaxşi körsatkiçlarni Armaniston (58-örin) va Qozoğiston (64-örin) qayd etgan. Keyingi poğonalardan Ozarboyjon (75-örin), Moldava (78-örin), Rossiya (113-örin), Qirğiziston (116-örin), Belarus (135-örin), Tojikiston (147-örin) va Turkmaniston (165-örin) örin olgan.