Polşa bugunga qadar Belarus bilan çegarada uzunligi 60 kilometrli devor qurdi. Quriliş işlari reja böyiça ketmoqda va iyun oxirida yakunlanişi kutilmoqda, dedi Polşa çegara xizmati vakili.
Polşa-Belarus çegarasining uzunligi 418 kilometr bölib, uning 186 kilometri quruqlikdan ötgan.
Ötgan yil yoz oxiri va kuzda çegaradagi vaziyat keskinlaşgandi. Inqirozli hududlardan Belarusga kelgan minglab migrantlar Yevropa ittifoqiga noqonuniy ravişda ötişga uringandi.
Oxirgi haftalarda kunlar isişi bilan çegarani noqonuniy kesib ötişga urinişlar soni yana oşdi. Çegaraçilarning ma’lumot berişiça, juma kuni 76 kişi Belarusdan Polşaga ötişga harakat qilgan.












