O‘zbekistonda yoshlar gender tenglik sohasi bo‘yicha faoliyat yuritadigan jamoa tuzildi
Oliy Majlisi Senatida Gender tenglik masalalari bo‘yicha yangi tuzilma - “Gender adolat yetakchisi" jamoasi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati
Senat matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 14-21 aprel kunlari bu jamoaga yoshlarni saralab olish bo‘yicha kasting o‘tkazilgan. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining faol yoshlari onlayn hamda oflayn tarzda ishtirok etib, gender tenglik sohasi bo‘yicha aniq bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan mingga yaqin mustaqil fikrlovchi yoshlar orasidan 80 nafar yigit-qiz “Gender adolat yetakchisi” jamoasiga saralab olingan.
2030 yilga qadar qabul qilingan Gender Strategiyasida aks etgan 8 ta yo‘nalish bo‘yicha faol yoshlardan 8 ta guruh shakllantirildi. Strategiya ijrosini ta’minlashda gender adolat yetakchilari faol ishtirok etishlari ham nazarda tutilgan.
Yaqinda Senat binosida “Gender adolat yetakchisi" jamoasiga saralab olingan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri. Gender adolat yetakchisi platformasini ishga tushirishdan ko‘zlangan maqsad gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni hamda yoshlar hayotidagi o‘zgarish va yangilanishlarni keng targ‘ib etish, sohaga doir davlat dasturlari ijrosiga ko‘maklashish, yoshlarning huquqiy ongini o‘stirish orqali xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berishdan iborat”, deydi Senatning Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri Nodira Shotursunova.
Uchrashuvda jamoa vakillari ko‘plab fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Ushbu yangi tuzilma a’zolarining gender tenglik targ‘ibotidagi faoliyatini tashkil etish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish Senatning doimiy nazoratida ekanligi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi
Iqtisodiyot | 08:40
-
Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 08:10
-
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi
O‘zbekiston | 07:53
-
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:02
Mavzuga oid

16:02 / 09.09.2023
Ko‘pxotinlilik targ‘iboti uchun javobgarlik: qonunchilikda yangi o‘zgartirishlarga nima sabab bo‘ldi?

20:21 / 01.06.2023
XMT hamkorlari O‘zbekistondagi gender tengsizligi va kamsitishning asosiy sabablarini bartaraf etadi

11:55 / 29.06.2021
Kun.uz muxbiri «Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar» tanlovida g‘olib bo‘ldi

15:57 / 28.05.2021