Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş töğrisida»gi qonun loyihasi joylaştirildi. Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasi muhokamasi 25 mayga qadar davom etadi.
Qonun loyihasi 5 ta bob (umumiy qoidalar, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş sohasini davlat tomonidan tartibga soliş, manfaatlar töqnaşuvini ma’lum qiliş va aniqlaşga doir çora-tadbirlar, manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş böyiça çoralar köriş va tekşiriş hamda yakunlovçi qoidalar) va 31 ta moddadan iborat.
Qonun loyihasida quyidagi asosiy tuşunçalar ajratib körsatilgan:
aloqador şaxslar — davlat taşkiloti xodimlari va/yoki ularning yaqin qarindoşlari ustav fondidagi/ustav kapitalidagi uluşlariga yoki aksiyalariga (ommaviy muomalada bölgan 10 foizgaça aksiyalari bundan mustasno) egalik qiladigan yoki boşqaruv organi va kuzatuv kengaşining a’zosi bölgan yuridik şaxslar;
davlat taşkiloti — davlat organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari, davlat maqsadli jamğarmalari hamda davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan xöjalik jamiyatlari va ustav fondida/ustav kapitalida uşbu jamiyatlarning uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan yuridik şaxslar;
manfaatlar töqnaşuvi — davlat taşkiloti xodimining, uning yaqin qarindoşlarining va unga aloqador şaxslarning şaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, taşkilotning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelgan va kelayotgan (mavjud manfaatlar töqnaşuvi) yoxud yuzaga kelişi mumkin bölgan (taxmin qilinayotgan manfaatlar töqnaşuvi) vaziyat;
şaxsiy manfaat — davlat taşkiloti xodimi tomonidan öz mansab/xizmat vazifalarini bajarişda özi, yaqin qarindoşlari, aloqador şaxslar uçun har qanday naf köriş yoki afzalliklarga ega bölişi;
yaqin qarindoşlar — qarindoş yoki quda tomondan qarindoş bölgan şaxslar, ya’ni ota-ona, tuğişgan va ögay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, şu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, şuningdek er-xotinning ota-onasi, tuğişgan va ögay aka-uka va opa-singillari.












