Uruşga jönab ketiş

1921 yil 15 oktabrda tuğilganman. 1941 yil uruş boşlandi. U paytlarda qişloqdagi hamma xonadonga dumaloq radio örnatilgan bölardi, uruş haqidagi xabarlarni eşitib turardik. Keyin bizni ham yoşimiz yetib qolgani uçun armiyaga çaqirdi. Çaqirilganlar orasida özimdan kattalar ham, kiçiklar ham bor edi. Hammamizni yiğib, keçasi Piskentdan Toşkonga haydadi; u vaqtda maşinalar ham yöq edi, kavaleriya bölib bordik. U yerda qişi bilan tayyorgarlik kördik. Keyin Çimkent oblastiga olib bordi, u yerda bir hafta turdik, bir haftadan keyin poyezdga ötirib, Ukrainaga jönatdi.

Çimkentdan Ukrainaga poyezdda 23 sutkada bordik. Poyezd yölda töxtab qolar, şunda ust-boşimizni yuvib olardik. Ukrainadagi Varaşilovgrad degan şaharga (hozirgi Lugansk oblastida – tahr.) bordik. U şahardan keyin keçasi bitta qişloqqa yetib bordik, u yerda bizni bitta otxonaga joylaştirişdi. Otxonada bir hafta yotdik. Keyin bizni Minskka olib bordi. Minskda bir daryo bor ekan, daryo böyida odam köp ekan, faqat özbeklar emasdi, öşa yerda hammani “çast”larga bölib taşladi. Dilmurod aka, Halil aka, Egamqul, Muxtor aka deganlar bor edi – barimiz tarqab ketdik.

Içimizdagilarning bitta-ikkitasi örisçani bilardi, biz bilmasdik ham, tuşunmasdik ham örisçani. 33-“tankoviy” brigadada edik. Boldanov degan odam komandir edi. Tankni yoşroqlar bilmaydi, u yurganda içidagi odam juda siltanib ötiradi, bemalol ötirolmaysan uning içida, har siltanganida voy-bo‘... Mayli-da, nima deymiz endi, yöq demaymiz-ku.

“Bizda qurol kam edi”

Nemislar tomondan telefon orqali xabarlar kelib turardi, mana şu qişloqda nemisning şunça tankasi, şunça harbiysi turibdi degan. Bizda qurol kam edi. Lopatka berardi: “Belingga osib ol, mana şu lopatka bilan nemisning boşiga bir urib, avtomatini olasan”, derdi. A biz qanday qilib olamiz ularni derdik, nemislar yaqiniga yölatmasa keragov, yuz metr masofadan dabdalamizni çiqarib taşlaydi.

Ança vaqt ötdi. “Obed” vaqti birdan töpolon bölib qoldi. Ana şunda qiynalib qoldik. Qurol kam, uruşga tayyorgarlik yöq, kiyimam yöq, ovqat ham yöq. Ança qiynalib, keyin... şu tariqa, hamma armiya tözib, kim qayerga ketganini, heç nimani bilmay qoldi. Hamma narsani maşinaga ortib, orqaga çekindik. Ştabga ketayotganimizni aytişdi. [Bir neça kundan keyin] soy böyiga, temir yöl ötgan joyga çiqdik, öşa yerni ştab dedi. Şu yerda turib, qoçib kelayotganlarni ştabga olib kelasizlar, ötkazmaysizlar dedi. Haligi joyda ikkita-uçtadan bölib, qoçib kelayotganlarni ştabga olib borib turdik. Şu vaqtda men yaşagan joyda Sattor aka Begimqulov degan direktor bölardi, öşa odamni körib qoldim. Oldimga yugurib keldi. “Biz 9ta maşinada minomyotçi edik, nemislar samolyoti bilan öqqa tutib, maşinalarimizdan 7tasi qoldi”, dedi.