Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, Vazirlar Mahkamasining «Farhod» gidroelektrstansiyasini modernizatsiya qiliş töğrisida»gi qaroriga asosan mazkur GESni modernizatsiya va qayta texnik jihozlaş işlari amalga oşirilgan.

Uşbu modernizatsiya işlarini sifatli hamda öz vaqtida bajariş maqsadida joriy yil11 may soat 8:00 dan 15 may soat 17:00 ga qadar GES hududida joylaşgan Şirin-Bekobod yönalişidagi köprik vaqtinça yopiladi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Şirin şahridan Bekobod tumaniga boruvçi fuqarolar şahar yaqinida joylaşgan «Döstlik» irrigatsiya tarmoğiga qaraşli boşqa bir köprikdan vaqtinça foydalanib turişadi.

«Vaqtinça yopilgan köprik bilan «Döstlik» irrigatsiya tarmoğiga qaraşli köprikning orasi unça uzoq emas. Vaqtinça yopilgan köprik orqali borilganda Şirin şahridan Bekobod şahrigaça 14-15 kilometr yöl yuriladi. «Döstlik» irrigatsiya tarmoğiga qaraşli köprik bilan borilganda masofa 19-20 kilometrni taşkil etadi», deydi viloyat hokimligi axborot xizmati.