Dilfuza Yigitaliyevna Qambarova Sirdaryo viloyati Şirin şahri hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Şirin şahri xalq deputatlari kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Dilfuza Qambarova bunga qadar aksiyadorlik-tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy markazi Ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş böyiça mintaqaviy markaz boşliği örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Özbekistonda 2020 yil fevral-mart oylarida ayol rahbarlarni hududlarga rahbar etib tayinlaş an’anasi boşlangandi va öşanda biratöla beş hududda ayol hokimlar iş boşlagandi. Keyinroq bu hokimlardan biri vafot etdi (Sadbarxon Mamitova, Böston tumani), biri işdan olindi (Maqsuda Mustafoyeva, Qarşi şahri), yana biri yuqori lavozimga kötarildi (Zulayho Mahkamova, Töraqörğon tumani).
Ayol rahbarlarni hokim etib tayinlaş keyin ham davom etdi va endilikda Özbekistonda tuman va şahar hokimi lavozimidagi ayol rahbarlar soni 6 nafarga yetdi.
Hozirda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida Dilfuza Uralova (2020 yil fevraldan buyon), Buxoro viloyati Olot tumanida Nargiza Ne’matova (2020 yil fevral), Samarqand viloyati Kattaqörğon şahrida Gavhar Alimova (2020 yil mart), Andijon viloyati Böston tumanida Sanobarxon Nosirova (2021 yil aprel) va Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida Nilufar Allaberganova (2023 yil oktyabr) rahbar bölib işlamoqda.
Sessiyada tumanga 2023 yil noyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Niyoz Hazratqulov boşqa işga ötayotgani munosabati bilan Şirin şahri hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Uning keyingi faoliyati haqida hozirça xabar berilmadi.

















