Şuhrat Maqsudov «Bunyodkor» klubi boş murabbiyligidan iste’foga çiqarildi, uning örniga yangi boş murabbiy tayinlangan. Toşkentliklar klubi matbuot xizmati jamoa murabbiylar ştabidagi özgarişlar haqida ma’lumot berdi.

«Superliganing 6-turi doirasida «Olimpik»ka yutqazgan «Bunyodkor» klub tarixida öz maydonidagi eng yirik hisobdagi mağlubiyatga uçragan edi (1:5). 

Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan keyin klub rahbariyati murabbiylar ştabi oldiga «Navbahor»ga qarşi navbatdagi bahsda ğalaba qozoniş vazifasini qöygandi. Garçi Namanganda mağlubiyatga uçralgan bölsa-da, mezbonlar bilan bellaşuvda «qaldirğoçlar» mazmunli öyin va munosib qarşilik körsata olganlaridan kelib çiqib, murabbiylar ştabiga yana imkoniyat berilgandi. 

Superliganing 8-turida «Metallurg» jamoasi bilan kuç sinaşgan «Bunyodkor» yana muhim oçkolarni boy berdi. Uşbu uçraşuvdan söng klub rahbariyati tomonidan murabbiylar ştabida özgarişlar amalga oşiriş böyiça qaror qabul qilindi. Şu munosabat bilan bugun klub qarorgohida yiğiliş bölib ötdi», deya yozadi klub rasmiy sayti.

Ma’lum qilinişiça, boş murabbiy Şuhrat Maqsudov, murabbiy Aram Ananyan va darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov öz lavozimlarini tark etişi e’lon qilingan.

Şu kunga qadar boş murabbiy assistenti bölib işlab kelgan Viktor Karpenko boş murabbiy vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. Anvar Ğofurov boş murabbiy assistenti lavozimiga ötkazilgan. Ruminiyalik Avgustin Çirita jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy sifatida işini davom ettiradi. 

Ma’lumot uçun, «Bunyodkor» Superliga 8-turidan keyin hozirça 11 oçko bilan 5-poğonada bormoqda.