Toyota may oyi uçun işlab çiqariş rejasini 750 000 ta avtomobildan 700 000 tagaça qisqartirdi.
Zavodlarda iş 16 maydan 21 mayga qadar töxtatiladi, deya aniqlik kiritgan avtokonsern.
Mart oyida Toyota kuçli zilzila tufayli barça zavodlarida işni töxtatib qöygan edi, öşanda yer silkinişi ehtiyot qismlari taqçilligiga olib keldi.
Avvalroq Toyota mart oyidagi işlab çiqariş rejalarini 50 000 ta avtomobilga, keyin esa aprel oyi uçun 150 000 ta avtomobilga qisqartirdi, şuningdek, işlab çiqarişning may va iyun oylaridagi maqsadli körsatkiçlarga nisbatan kamayişi ehtimoli haqida ogohlantirdi.
Xitoyda COVID-19 uçun «nol bardoşlik» siyosati mavjud. Bu virus tarqalişini lokdaunlar va kasallikni yuqtirib olgan fuqarolar bilan aloqada bölganlar uçun majburiy karantin orqali çeklaşni anglatadi.
Xususan, Şanhayda millionlab aholi bir oydan köproq vaqt davomida izolyatsiya rejimida bölib turibdi. Şanhaydan taşqari, Xitoyning boşqa önlab şaharlari töliq yoki qisman lokdaunda. Bunday siyosat mahalliy va xalqaro miqyosda iqtisodiy yöqotişlarga olib keladi.
Çeklovlar ba’zi korxonalarning, şu jumladan Semiconductor Manufacturing International Corp. (SMIC) va Hua Hong Semiconductor yarimötkazgiç işlab çiqaruvçilarining töliq yoki qisman yopilişiga olib keldi.


















