Prezident qarori bilan korrupsiyaga moyil munosabatlarni bartaraf etiş böyiça çoralar dasturi tasdiqlandi.
Dasturga köra, OTMlarga öqişga kiriş uçun beriladigan imtiyozlar röyxati yagona hujjatda şakllantiriladi va bu imtiyozlar umumiy kvotaga kiritmasligi töğrisida qoida belgilanadi.
Hozirgaça ham qator imtiyozlar, masalan, harbiy xizmat tavsiyanomasiga ega bölganlar (xalq tilida “armistlar”) uçun umumiy kvotadan taşqari örinlar ajratilayotgan edi. Yoki zulfiyaçilar uçun ham qöşimça grant örinlari ajratilişi boşlangan.
Şunday bölsa-da, bundan buyoğiga imtiyozlarning alohida tarzda tartiblanişi va tölaligiça kvotadan taşqari bölişi belgilab qöyilişi abituriyentlarning könglini qisman xotirjam qilişi mumkin.
Grantga, kontraktga – asosiy imtiyoz turlari
Kun.uz öqişga kirişda alohida imkoniyatlar beruvçi imtiyozlarni jamladi. DTM saytida alohida guruhlanişiça, imtiyozlar bir-biridan farq qiladi:
- imtihonsiz, qöşimça davlat granti asosida öqişga kirişga asos böluvçi;
- imtihonsiz, kontrakt asosida öqişga kirişga asos böluvçi;
- faqat bir fan imtihonidan ozod etişga asos böluvçi;
- töplangan ballga ball qöşib beruvçi;
- alohida kvota doirasida imtihonda iştirok etişga asos böluvçi imtiyozlar.
Bu turdagi imtiyozlarning barçasi bir-biridan farq qiladi. Biroq darajasi turliça bölsa ham, ular oddiy tartibda hujjat topşirgan abituriyentlarga nisbatan ança köproq imkoniyatga egalikni anglatadi.
Hozir ularni birma-bir sanab çiqamiz.
Imtihonsiz, qöşimça grant asosida talaba böluvçilar:
- harbiy qism qömondonligi va Yoşlar ittifoqining tavsiyanomasi bilan har bir harbiy qismdan bir nafardan yoş harbiy xizmatçi;
- xizmat vazifasini bajariş payti halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan Qurolli Kuçlar tarkibidagi taşkilotlar harbiy xizmatçilari va Milliy gvardiya xodimlari, içki işlar tizimi xodimlarining farzandlari;













