O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv-tajriba xo‘jaliklari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida:
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyati bo‘linmalaridagi yordamchi xo‘jaliklarini o‘quv-tajriba xo‘jaliklariga aylantirish;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hududiy bo‘linmalarida, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Hududiy agroxizmatlar markazlarida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi tajriba xo‘jaligi yerlarini zaxiraga qaytarish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Belgilanishicha:
qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklari tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;
o‘quv-tajriba xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va yetishtirish amalga oshiriladi hamda ekinlarning holati va rivojlanishini monitoring qilish ilmiy asoslangan usullari sinovdan o‘tkaziladi.
Bunda, spektorli kameralar bilan jihozlangan dronlarda olingan suratlarga ishlov berish orqali monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 11:58
-
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
Jahon | 11:54
-
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
O‘zbekiston | 11:16
Mavzuga oid

21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?

12:05 / 16.05.2025
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi

18:42 / 13.05.2025
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov

19:53 / 10.05.2025