Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya taşqi işlar vazirlari Jayhun Bayramov, Ararat Mirzoyan va Sergey Lavrov Duşanbe şahrida uç tomonlama uçraşuv ötkazdi. 

Uçraşuvda Qoraboğ böyiça kelişuvlarning bajarilişi hamda Boku va Yerevan örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş masalalari muhokama qilindi.

"Uçraşuvda tomonlar mintaqadagi hozirgi vaziyat va uç tomonlama bayonotlarning bajarilişi bilan boğliq masalalarni muhokama qildi", - deyiladi Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi bayonotida.

Ma’lumot berilişiça, "Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş, jumladan, davlat çegaralarini delimitatsiya qiliş jarayoni, barça transport va kommunikatsiya aloqalarini tiklaş, ikki mamlakat örtasida tinçlik şartnomasiga erişiş" böyiça fikr almaşildi.

Avvalroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ozarboyjon va Armaniston taşqi işlar vazirlari bilan alohida uçraşuv ötkazgandi.