Hukumat pandemiya davrida ilk bor kasallaniş holatlarini tan olgan KXDRda kasallik avj olib, olti kişi kasallikdan vafot etdi. Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi Koreya Markaziy telegraf agentligi (KCNA)ga asoslanib xabar berişiça, mamlakatda sönggi bir kunning özida Covid-19’ga çaliniş bilan boğliq 18 mingdan ortiq holat röyxatga olingan.

12 may kuni Şimoliy Koreya hukumati Pxenyanda «omikron» variantiga çaliniş bilan boğliq ilk holatlar aniqlanganini xabar qilgandi - koronavirus 8 may kuni test topşirgan odamlarda aniqlangan.

Şundan keyin butun mamlakatda «maksimal favqulodda holat» joriy etilib, lokdaun e’lon qilingandi. Juma kuni mahalliy naşrlar kasallik poytaxtdan taşqaridagi hududlarga ham tarqalganini tan oldi.

Şu bilan birgalikda mamlakatda kelib çiqişi noma’lum bölgan bezgak aniqlangani xabar qilingan. «Sababi aniqlanmagan bezgak aprel oyi oxiridan butun mamlakat böylab keng tarqala boşladi», - deyiladi KCNA xabarida.

Xabar qilinişiça, bu «noma’lum bezgak» 350 ming kişida aniqlangan, 188 mingga yaqin kişi karantinga yotqizilgan, 162 ming kişi davolanib çiqqan. Hozirça uşbu kasallik Covid-19 bilan aloqadorligiga aniqlik kiritilmagan.

KXDR yetakçisi Kim Çen In şu kunlarda Mehnat partiyasi markaziy qömitasining siyosiy byurosi yiğilişini çaqirib, virus tarqalişini töxtatiş böyiça topşiriqlar berdi.

«Mamlakatning barça uyezdlari va şaharlarida hamma öz hududini yopib, zararli virus tarqalişi yöllarini xavfsiz tarzda tösmoqda. Biz tösatdan kelgan inqirozni yengib ötamiz va albatta ğalaba qilamiz», degan u siyosiy byuro yiğilişida.

KCNA xabariga köra, payşanba kuni Kim Çen In Favqulodda vaziyatlarni boşqariş milliy markaziga taşrif buyurgan va virusga qarşi kuraşiş borasida olib borilayotgan işlarni közdan keçirgan.

Tahlilçilar fikriça, sönggi ma’lumotlar, xususan, butun mamlakatda «noma’lum bezgak» tarqalgani tan olingani mamlakat ulkan koronavirus epidemiyasini boşdan keçirayotganini körsatişi mumkin.

Mamlakatdagi 25 million aholi vaksinatsiya dasturi va sifatli tibbiy xizmat yöqligi tufayli kasallik qarşisida ojiz qoladi. Şimoliy koreyaliklardan deyarli heç kim koronavirusga qarşi vaksina olmagan. Ekspertlar KXDR aholisi immuniteti pastligi tufayli Covid-19ning yangi variantlari tarqalişining asosiy öçoğiga aylanişi xavfi mavjud.