Ozarboyjon va Armaniston davlat çegaralarini delimitatsiya qiliş böyiça komissiyalar raislari va formati belgilab olindi. Bu haqda Ozarboyjon taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov Duşanbeda MDH mamlakatlari taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişida ma’lum qildi.
Bayramov yiğiliş iştirokçilariga Janubiy Kavkazdagi nizodan keyingi vaziyat haqida ma’lumot berdi.
Uning qayd etişiça, Toğli Qoraboğ nizosi ötmişda qoldi va Bokuning bugungi kundagi asosiy vazifasi ozod qilingan hududlarni tiklaş va mintaqada tinçlik va barqarorlik örnatilişiga hissa qöşişdan iborat.
Bayramov Ozarboyjon Armaniston bilan munosabatlarni yaxşilaşga tayyorligini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, Ozarboyjon mintaqadagi tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaş böyiça sa’y-harakatlarni davom ettirişga qat’iy qaror qilgan.
12 may kuni Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya taşqi işlar vazirlari Jayhun Bayramov, Ararat Mirzoyan va Sergey Lavrov Duşanbe şahrida uç tomonlama uçraşuv ötkazgandi.
Ma’lumot berilişiça, uçraşuvda Toğli Qoraboğ böyiça kelişuvlarning bajarilişi hamda Boku va Yerevan örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş masalalari muhokama qilingan.














