Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tashqi ishlar vaziri Ukrainadagi vaziyat global ocharchilikka olib kelishi mumkinligini aytdi
Annalena Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati ongli ravishda «oziq-ovqat eksporti qamali» bilan shug‘ullanmoqda.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukraina inqirozi global ocharchilikni keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.
«Rossiyaning harakatlari sababli yetkazib berishlar to‘xtamoqda, nafaqat bizda, balki butun dunyoda narxlar oshmoqda va dahshatli ocharchilik xavf solmoqda», — dedi u.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati ongli ravishda «oziq-ovqat eksporti qamali» bilan shug‘ullanmoqda. Mamlakat o‘z harakatlari bilan «yangi inqirozlarga zamin hozirlamoqda».
G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiya hukumatini «bug‘doy eksporti qamali»ni to‘xtatishga chaqirdi. Qayd etilishicha, 43 mln nafar inson ocharchilik yoqasida turibdi.
BMTning hisob-kitobiga ko‘ra, 2022-2023 yillarda dunyoda ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni 8-13 mln nafarga oshadi.
Mavzuga oid
21:30 / 09.07.2026
Ukraina Azov dengizida Rossiyaning 20 dan ortiq kemasiga zarba berdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
11:25 / 09.07.2026