Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 may kuni Birlaşgan Arab Amirliklariga jönab ketdi.
Davlat rahbari 13 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan söng vafot etgan Birlaşgan Arab Amirliklari prezidenti Şayx Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida iştirok etadi.
Taşrif doirasida kuni keça BAA Oliy kengaşi tomonidan mamlakat prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Şayx Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkaziş ham rejalaştirilgan.
2004 yildan buyon Amirliklar prezidenti bölgan Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan söng 73 yoşida vafot etdi.
Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon BAA asosçisi Zoid Ol Nahayonning tönğiç öğli edi, amalda sönggi yillarda uning örniga davlatni boşqarib kelgan Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon uning ukasi hisoblanadi.












