«Maşqlar davomida mudofaa qöşinlarining jangovar tayyorgarligi va xalqaro tahdidlarga javob beriş qobiliyati sinovdan ötkaziladi. Asosiy e’tibor 2-piyoda askarlar brigadasi va Kiberqömondonlik strategik aloqalar markazining tayyorgarligini tekşirişga qaratiladi», — deya xabar berdi «Interfaks»ga mudofaa kuçlari boş ştabi matbuot xizmati.
Maşqlar 16 maydan 3 iyunga qadar bölib ötadi va deyarli butun Estoniyani qamrab oladi. Bölinmalarning asosiy harakatlari Janubiy Estoniyada ötkaziladi, jangovar öq otiş maşqlari Markaziy mudofaa kuçlari poligonida va Saaremaa orolida taşkillaştiriladi.
«Tipratikan-2022»dan taşqari, Estoniya va uning yaqinida bir vaqtning özida yana bir neçta maşğulotlar ötkazilmoqda. Latviya Namejs maşqlarini taşkil qilyapti, uning doirasida Estoniya mudofaa kuçlari bilan transçegaraviy hamkorlik va qöşma qömondonlik tartib-qoidalari örgatiladi. Defender Europe maşqlari doirasida AQŞ dengiz piyoda askarlari Saaremaada estoniyalik harbiy xizmatçilar bilan özaro hamkorlik qiladi, dengizda öq otiş maşqlari rejalaştirilgan. NATO Şimoliy diviziyasi ştabi Knight Legion maşqlarini ötkazadi.
«Tipratikan-2022» maşğulotlarida piyoda qöşinlar, harbiy-havo kuçlari va harbiy-dengiz kuçlari, «Kaytseliyt» köngillilar qöşini, şuningdek, kiberqömondonlik, qöllab-quvvatlaş qömondonligi va maxsus operatsiyalar qömondonligi iştirok etadi. Bundan taşqari, Estoniyada joylaşgan NATO jangovar guruhi bölinmalari, maşğulotlar davomida bu yerga yetib kelgan ittifoqçilarning bölinmalari ham maşqlarda qatnaşadi.
Maşğulotlarda ön davlatdan 7100 nafarga yaqin zaxiradagi askar, 2500 nafar harbiy xizmatga çaqirilgan askar, 2000 nafar şartnoma asosidagi askar va 4200 nafar ittifoqçi askarlar iştirok etadi. Yuzlab texnikalar, jumladan zirhli texnikalar, piyodalar jangovar maşinalari, tanklar, kemalar, vertolyotlar va samolyotlar jalb etilgan.












