16 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida deputatlar Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş jarayonini boşlaş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda ÖzLiDeP matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, fraksiya a’zolari Konstitutsiyani bugungi real voqelikka moslaştiriş, yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi uçun mustahkam huquqiy poydevor yaratiş böyiça özlarining aniq pozitsiyalarini ma’lum qilgan.

Şuningdek, ÖzLiDeP fraksiyasi saylovoldi maqsad va vazifalari hamohangligi tufayli uşbu masalani «Milliy tiklaniş» partiyasi bilan qöşma yiğilişida körib çiqişni rejalaştirgan.

«Yuqoridagilardan kelib çiqib, parlamentdagi ÖzLiDeP fraksiyasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi yana bir yetakçi fraksiya – «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasi bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillaştiriş böyiça ilgari surayotgan taşabbuslari partiyalarning maqsad va vazifalari hamda saylovoldi dasturlari bilan hamohang ekanligidan kelib çiqib, uşbu masalani mazkur fraksiyalarning qöşma yiğilişida muhokamaga qöyilişi taşabbusini ilgari surdi», deyiladi partiya axborotida.

«Milliy tiklaniş» fraksiyasi yiğilişida ham konstitutsiyaviy islohotlar ötkaziş taşabbusi muhokama qilingan.

Partiya bayonotida bugungi kunda mamlakatda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlar, Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasiga ötiş jarayoni, Yangi Özbekistonni barpo etiş, mamlakat Boş qomusini takomillaştirişni taqozo etayotgani qayd etilgan. Globallaşuv, raqamlaştiriş, tez özgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, jamiyat va davlat barça jabhalarini modernizatsiya qilişda konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlar ötkaziş talabini qöyayotgani ta’kidlangan.

«Ilgari surilayotgan taşabbusda Konstitutsiyamizda oila institutini rivojlantiriş, ezgu insoniy qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga bezavol yetkaziş, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlaş böyiça bildirilayotgan takliflar partiyadoşlarimiz va xayrixohlarimiz tomonidan qöllab-quvvatlanişiga işonçimiz komil.

Bunday muhim vazifani jamoatçilik bilan maslahatlaşgan holda jahondagi ilğor tajribani çuqur örganiş asosida amalga oşiriş, nafaqat bugungi avlod, balki kelajak avlod vakillari oldidagi burçimizdir», deyiladi partiya matbuot xizmati xabarida.