O‘zbekiston | 07:57 / 18.05.2022
5006
2 daqiqa o‘qiladi

Mastlik holatida bo‘lganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi

Foto: stock.adobe.com

“Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, ichki ishlar organlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi berildi. 

2023 yil 1 yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar bo‘limlarida tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (2022 yilda 114 ta, 2023–2024 yillarda 20 ta) tashkil etiladi. 

2022 yil yakunigacha narkologik bemorlarni ixtiyoriy va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qo‘shimcha 430 ta o‘rin tashkil etiladi.

Mavzuga oid