Bugun, 18 may sanasida “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati taşkil topganiga 5 yil töldi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi PF-5044-sonli Farmoni bilan taşkil etilgan “Özbekgidroenergo” AJ 5 yillik qisqa davr mobaynida mamlakatimiz gidroenergetika tarmoğini yanada rivojlantirişda, qayta tiklanuvçi energiya manbai hajmini oşirişda qator muhim yutuqlarga erişdi.

Alohida e’tirof etiş lozimki, Jamiyat tomonidan qator investitsiyaviy loyihalar asosida mamlakatimiz böylab keng kölamli gidrotexnik inşootlar qurilişi va modernizatsiya işlari amalga oşirilmoqda.

Ötgan davr mobaynida Jamiyat faoliyati xalqaro darajada ham e’tirof etildi. Xususan, 2020 yilda “Özbekgidroenergo” AJ jahonda yetakçi “uçlik” reyting agentliklaridan biri hisoblangan “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “B+” (barqaror) reytingini qölga kiritgan bölsa, 2021 yilda Jamiyat reytingi “BB-” (barqaror) darajasiga kötarildi.

Bu borada, “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Özbekgidroenergo” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy holatini örgandi, balki uning korporativ boşqaruv tizimini, biznes strategiyasini, içki normativ hujjatlarining yuritilişi va boşqa yönalişlarni çuqur örganib, tahlil qildi. Jamiyatda faoliyat yuritayotgan minglab işçi-xodimlarning mehnati samarasi va reyting agentligi tomonidan olib borilgan örganişlar, çuqur tahlillar hamda korxonalar faoliyatining odil baholanişi natijasida “Özbekgidroenergo” AJ respublikada işlab çiqaruvçi korxonalar orasida birinçilardan bölib “Fitch Ratings” xalqaro kredit reytingining “BB-” darajasini qölga kiritdi.

Şu bilan birga, dunyoning ilğor konsalting kompaniyalari jalb qilindi. Jumladan, moliya sohasiga “Pricewaterhousecoopers”, raqamli transformatsiya böyiça Rossiyaning “X-Holdings”, korporativ boşqaruv va investitsiya dasturini qayta körib çiqiş uçun “McKinsey & Company” korxonalari bilan hamkorlik örnatilib, Jamiyatni rivojlantiriş böyiça zaruriy maslahat va tavsiyalar olindi.