Kun.uz bilan suhbatda mahalliy aholi vakillari çang böroni 21 may kuni soat 14:39 da boşlanganini ma’lum qildi. 

Böron Buxoro şahridan taşqari, viloyatning boşqa hududlarida ham kuzatilgan. 

"Çang daraxtlardagi olmalarni tökdi. Böronning kuçini şundan taxmin qilsa böladi", - deydi buxorolik Nozima Qoryoğdiyeva. 

Soat 16:20lar atrofida havodagi çang miqdori biroz kamaygan. 

Özgidromet 21 may kuni respublikaning ba’zi joylarida şamol 15-20 m/s gaça, şimolda va çöl hududlarida esa 23-28 v/c gaça kuçayişi mumkinligini, ayrim joylarda çang-tözon kuzatilişini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uçun, 2020 yilning 27 aprelida Buxoro viloyatining Qoraköl va Olot tumanida kuzatilgan kuçli çang böroni katta vayrongarçiliklarga sabab bölgandi.

2021 yilning 4 noyabr kuni esa Özbekistonda kuçli şamollar tufayli mavsumga xos bölmagan çang-qumli böron hodisasi yuz berdi.  

Favqulodda vaziyatlar vazirligi  vaziyat yuzasidan bayonot berdi. 

"Bugun respublikamiz böylab gidrometrologik tabiat hodisasi bölgan kuçli şamol esişi Navoiy viloyatining Navoiy şahar, Qiziltepa, Karmana va Navbahor tumanlarida, Buxoro viloyatining Buxoro şahri va Ğijduvon, Peşko‘, Romitan tumanlarida, Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida hamda Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumani hududlarida kuzatildi, uşbu tabiat hodisasi oqibatida talafotlar böyiça hududiy FVBlariga va hamkorlikdagi xizmatlarga murojaatlar kelib tuşmadi" deyiladi rasmiy xabarda. 

Şuningdek, Xorazm va Navoiy viloyatlaridagi oqibatlar bartaraf etilgan.