«Yoşlar texnoparki» yoşlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oşiriş, tahliliy fikrlaş, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etiş, «startap» loyihalarini rivojlantiriş va ularni amalga oşiriş uçun yagona maydon taşkil etiş maqsadida barpo etilmoqda.
Şuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlaş maqsadida ilm-fan, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini çuqurlaştirişni közda tutadi.
Texnopark iqtidorli yoşlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va işlab çiqariş taşkilotlarida malaka oşirişlariga kömaklaşadi.
Yetakçi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar iştirokida treninglar va master-klasslarni, şuningdek, yoşlarda amaliy könikmalarni şakllantiriş va işlab çiqaruvçilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yölga qöyiş maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, öquv kurslari va treninglar taşkil etadi.
Texnopark Innovatsion rivojlaniş vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi yuridik şaxs hisoblanadi.
Urganç şahridagi «Yoşlar texnoparki» 2023 yilda işga faoliyatini boşlaşi rejalaştirilgan.











