Alişer Abdumalikoviç Rayimov Toşkent viloyati Angren şahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

A.Rayimov 1981 yil  Böstonliq tumanida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005 yil Toşkent davlat texnika universitetini, 2020 yilda Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Tabiiy gazni hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi loyihasini joriy etiş direksiyasi” filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uçun, Angren şahrining avvalgi hokimi Nuriddin Abdurahimov 11 may kuni hayotdan köz yumdi. 

Nuriddin Abdurahimov 2022 yilning yanvar oyidan buyon Angren şahar hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida işlab kelgandi.