O‘zbekiston | 12:16 / 23.05.2022
22194
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo tog‘larida bedarak yo‘qolgan surxondaryolik cho‘ponning jasadi topildi

2022 yil 2 may kuni yo‘qolgan cho‘ponning jasadi 20 may kuni Qamashi tumani hududida joylashgan tog‘dagi chuqur jarlikdan topilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 may kuni Dehqonobod tuman IIBga Surxondaryo viloyati Angor tumani Chinobod mahallasida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan E.Z. Dehqonobod tumani hududida bedarak yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng viloyat IIB JQB, Qamashi hamda Dehqonobod tumani IIB xodimlari, mahalliy aholi, ovchilar, o‘rmon ishchilari hamda viloyat FVB xodimlaridan iborat qidiruv guruhlari tuzilgan. Ular tomonidan Dehqonobod va Qamashi tumanining tog‘li hududlaridagi g‘orlar va soyliklar ko‘zdan kechirilib, yaqin atrofda chorva mollarini boqib yurgan cho‘ponlar bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilgan.

Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, 2022 yil 2 aprel kuni E.Z. Angor tumanida yashovchi J.B. va J.K. bilan birga chorva mollarini Jarqo‘rg‘on tumanidan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumaniga tutash tog‘lariga boqish uchun haydab chiqib ketib, 2 may kuni Qamashi tumani davlat o‘rmon xo‘jaligi 13-kvartal Qaloq-Qo‘ton uchastkasi hududida bedarak yo‘qolgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida 2022 yilning 20 may kuni Qamashi tumani davlat o‘rmon xo‘jaligining 13-kvartalidagi Qaloq-qo‘ton nomli yer maydoni hududidagi taxminan 100–120 metr chuqurlikdagi jarlik tubidan bedarak yo‘qolgan fuqaro E.Z.ning jasadi topilib, marhum olib chiqilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar