Katerina Tixonova Rossiya prezidentining kiçik qizi ekani aytiladi. Mustaqil naşrlar oxirgi vaqtlarda u haqda yana yoza boşladi. Ularga köra, Putinning qizi ekani aytiladigan Tixonova oxirgi yillarda Germaniyada faoliyat yuritayotgan rossiyalik balet raqqosi Igor Zelenskiy bilan yaqin munosabatda, juftlikning 2017 yilda tuğilgan qizi ham bor. Oldinroq Putinning katta qizi Mariya Voronsovaning hayotida ham yangi yöldoş paydo bölgani, undan farzandi borligi haqida yozişgandi.

Putinning kuyovi Zelenskiy

Putinning qizi bilan boğliq suriştiruvni rossiyalik va germaniyalik jurnalistlar olib borgan. Rossiyada xorijiy agent deb topilgan «Vajnaya istoriya» hamda Germaniyaning Der Spiegel naşrlari ötkazgan suriştiruvda yozilişiça, «Sibur» boşqaruv raisi örinbosari bölgan birinçi eri Kirill Şamalov bilan ajraşgaç, Katerina Tixonova 52 yoşli Igor Zelenskiy bilan uçraşa boşlagan. U bir neça yil Germaniyadagi Bavariya davlat balet dastasi badiiy rahbari bölib işlagan.

Igor Zelenskiy Myunxen teatrida. 2018 yil
Gisela Schober / Getty Images

Zelenskiy aprel oyida balet dastasi rahbarligidan ketgan. Suriştiruvda aytilişiça, katta ehtimol bilan uruş sababli.

Bu ma’lumotlar qayerdan paydo bölib qoldi?

Suriştiruv ötkazgan jurnalistlar ixtiyoriga 2019 yil 9 dekabrda Moskvadagi «Vnukovo» aeroportining VIP-terminaliga qöngan reysning yölovçilar röyxati borib tuşgan. Unga köra, samolyotda Tixonova, Zelenskiy, ularning öşanda ikki yaşar bölgan qizi, ikki enaga, fortepiano böyiça öqituvçi va Rossiya Prezident xavfsizlik xizmatining uç nafar xodimi bölgan. Mualliflarning aytişiça, bu yölovçilar röyxatini ularga aeroportda işlaydigan odam yuborgan.

Mualliflarning yozişiça, ularning qölida Tixonovaning parvozlar tarixi haqida hujjat ham bor. Unga köra, Putinning qizi ekani aytilayotgan ayol Myunxenga oxirgi ikki yilda 50 marta uçgan. Igor Zelenskiy aynan şu şaharda işlaydi.

Jurnalistlarga ikki yil avval Tixonovaning sobiq eri Şamalovning yozişmalarini yuborgan manba bu gal ham eksklyuziv ma’lumotlar ulaşgan. Mualliflarga yuborilgan hujjat Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati xodimi, bir vaqtning özida Tixonovaning tansoqçisi ekani aytilgan insonning poçta yozişmalari ekani aytiladi. Bu yozişmalarga köra, tansoqçi Tixonova, uning eri va şarifi Igorovna bölgan qiziga çiptalar sotib olgan.