Iyun oyining oxiri va iyul oyining boshida O‘zbekiston fuqarolari Gruziya bo‘ylab qilgan sayohati chog‘ida «HUMO» kartalaridan to‘siqsiz foydalanishlari: savdo nuqtalarida to‘lov qilishlari va TBC Bank bankomatlari orqali naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi.
Milliy banklararo protsessing markazi direktori Qurbonov Shuhratbek Ravshanbekovich bunga shunday izoh berdi: «Xalqaro o‘yinchilar bilan strategik hamkorlik qilish biz uchun juda muhim, chunki kartalarimizni ham O‘zbekistonda, ham mamlakat tashqarisida foydalanuvchilar uchun qulayroq qilish maqsadida kartalar amal qiladigan hududni kengaytirishdan manfaatdormiz».
Spartak Tetrashvili, «TBC Bank» ATB boshqaruv raisi: «Biz TBC Bank sifatida O‘zbekistonda nafaqat loyihalarning realizatsiyasi bilan shug‘ullanamiz, balki O‘zbekistondan Gruziyaga amalga oshiriladigan bank operatsiyalari hajmini kengaytirishga ham ko‘maklashamiz. «HUMO» kartalarining innovatsion platformasi uni xalqaro bank tizimlariga qiyinchiliksiz integratsiya qilishga hamda mijoz tajribasini yaxshilashga imkon beradi».
26 may kuni PLAS-Forum doirasida Shuhratbek Qurbonov «To‘lov biznesi. Barcha azimutlar bo‘yicha rivojlanish» nomli sessiyaning moderatori bo‘ladi va shuningdek «Banklararo hamkorlik va xalqaro loyihalar. O‘zaro aloqaning muhim yo‘nalishlari. Milliy to‘lov tizimlarining integratsiya istiqbollari» mavzusi bilan chiqish qiladi.
26 may kuni Spartak Tetrashvili «Fintex 2022 va neobanklar. Asosiy trendlar» mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatining moderatori bo‘lishi kutilmoqda.

«TBC Bank» ATB haqida
TBC Bank 30 yillik tarixga ega bo‘lib, Gruziya va Kavkaz orti mamlakatlarining eng yirik banki hisoblanadi. 2016 yildan boshlab TBC Bank aksiyalari London Stock Exchange birjasida taqdim etilgan. O‘tgan yil mobaynida London fond birjasida TBC Bank aksiyalarining kotirovkalari 44,95 foizga ko‘tarildi, kompaniya aksiyalarining umumiy narxi esa 1 milliard AQSh dollarini (784, 14 mln funt sterling) tashkil qiladi.
TBC Bank 2020 yilning oktabr oyida ilk raqamli bank sifatida O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Hozirga kelib TBC UZ ilovasini 2 milliondan ko‘proq kishi yuklab olgan.
2021 yil sentabri oxirida ikki institutsional investor – YTTB va IFC har biri TBC UZ loyihasining 20% ulushini sotib olish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Ilk badal miqdori ikki investorning har biri uchun 9,4 million AQSh dollarini tashkil qildi.
Bank raqamli formatdagi quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: pul o‘tkazmalari, kreditlar, depozitlar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati, bank kartalari hamda xizmatlarga to‘lov qilish. Barcha to‘lovlarni TBC UZ ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.









