«Özbekneftgaz»ga qaraşli AYoQŞlarda AI-80 markali benzin narxi kötarilib, 6800 sömdan sotila boşladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Narx oşganligi hadidagi ma’lumotlarni «Özbekneftgaz» matbuot xizmati ham tasdiqladi.

«Odamlarga tuşuntira olmayapmiz, narxlarni bozor belgilaydi. «Özbekneftgaz» narxlarni oşirmaydi ham, tuşirmaydi ham. Birjada narx oşsa, bu öz-özidan bizning AYoQŞlardagi benzin bahosiga ham ta’sir ötkazadi», deya ta’kidladi kompaniya matbuot xizmati rahbari Siyovuş Töraxöjayev.
Ötgan yilda ham benzin narxi keskin kötarilib ketgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan tanqidiy muhokamalardan söng esa «Işçi guruh» tuzilib, narx 6500 sömga tuşirilgandi.












