Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi kuçlari Fors körfazida Gretsiyaning ikki tankerini uşladi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Xabar qilinişiça, Eron harbiy-dengiz kuçlari vertolyoti Fors körfazida Gretsiya bayroği ostida suzayotgan Delta Poseidon kemasi bortiga qöngan. Söngra kema ekipaji, jumladan, ikki nafar gretsiyalik fuqaro qölga olingan. Eron sohili yaqinida suzayotgan Prudent Warrior grek kemasi bilan ham xuddi şu holat yuz bergan.
Gretsiya taşqi işlar vazirligi Eronning bu harakatini keskin qoraladi.
Avvalroq Nournews agentligi Eron hukumati Eron neftini olib ketayotgan tanker Gretsiya tomonidan uşlangani sababli javob "jazo çoralari"ni körişga qaror qilgani haqida xabar bergandi.
Aprel örtalarida Gretsiyada Rossiya bayroği ostida Eron neftini olib ketayotgan Lana tankeri uşlangandi. Xabarlarga köra, Afina neftni AQŞga berişga qaror qilgan.












