Jamoat arbobi Mixail Xodorkovskiy ğarb davlatlarini Ukrainani oğir qurollar bilan faolroq ta’minlaşga çaqirdi. «Agar ukrainaliklar ular söragan qurollar bilan ta’minlanmasa, tez orada Kiyev atrofida yana janglar böladi», dedi u 27 may, juma kuni e’lon qilingan Bild naşriga bergan intervyusida.
Xodorkovskiyga köra, ğarbdagi ba’zi yetakçilar Putindan qörqadi. «Ular uruşga aloqamiz yöq, deb öylayapti. Şu sababdan ma’lum qurol-yaroğlarning yetkazib berilişi keskinlaşuvga olib kelişi yoki ularni mojaroga tortişi mumkin, deb hisoblaydi», - dedi Xodorkovskiy. «Bu juda ahmoqona munosabat», dedi u va Putin nuqtayi nazaridan ğarb siyosatçilari va davlatlari allaqaçon Rossiya bilan uruş holatida ekanligini tuşuntirdi.
Xodorkovskiyning fikriça, agar Rossiya Ukrainaning bir qismini egallaşga muvaffaq bölsa, bu uruşni qisqa muddatga töxtatadi, çunki Kreml Kiyevning qölga olinişini yagona ğalaba sifatida baholaydi. Uruş Putin qudratini kuçaytiradimi yoki zaiflaştiradimi, degan savolga Xodorkovskiy hammasi bosqin natijasiga boğliq, deb javob berdi. «Agar Putin uruşda ğalaba qozonmasa, rejim zaiflaşadi», dedi u Bild naşriga.
Bir kun avval Ukrainaning Germaniyadagi elçisi Andrey Melnik Germaniyadan oğir qurollar yetkazib berilişi haqida gapirar ekan, Germaniya kansleri Olaf Şolsni yetakçilik yöqligida va Ukraina manfaatlariga e’tiborsizlikda aybladi. «Harbiy jihatdan Berlin Ukrainani şunçaki taşlab ketdi», dedi Melnik Bild naşriga bergan intervyusida. Uning sözlariga köra, Kiyev Şolsning Davosdagi nutqida «Ukraina bu uruşda ğalaba qozonişi uçun koalitsiya bizni qöllab-quvvatlaşi borasida qanday aniq qadamlar qöyişi»ni eşitişga umid qilgan, biroq bu amalga oşmagan.
«Ularga yetakçilik va jasorat yetişmasa kerak», - deya xulosa qildi Melnik. Germaniya federal hukumati bir neça bor Ukrainani bundesver zaxiralaridan oğir qurollar bilan ta’minlaşga tayyorligini e’lon qildi, ammo yetkazib beriş hali boşlanmadi.
Germaniya Mudofaa vazirligi kotibi Simte Myollerning sözlariga köra, NATO «Ukrainaga ğarbda işlab çiqarilgan jangovar tanklar va bronetransportyorlar yetkazib berilmasligi» borasida «hamma rozi bölgan» kelişuvga ega. Bunday yondaşuvning sabablaridan biri alyansning Kreml Ukrainaga ğarb oğir qurollari yoki samolyotlarini yetkazib berişni uruşga kiriş deb hisoblaşi, bu esa mojaroning kuçayişiga olib kelişidan xavotirda ekanidir.












