Bu haqda 30 may kuni AOKA majlislar zalida ğallani davlat tomonidan sotib oliş va sotişda bozor narxlariga ötilişi jarayonlari yuzasidan ötkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida aytib ötildi.

«Sönggi vaqtlarda Özbekistonga Qozoğistondan import qilinayotgan un narxlarining oşişi kuzatilmoqda. Bunga avvalo import narxining oşişi sabab.

Narxlar erkinlaşişi jarayoniga ötilarkan, biz un narxining qisqa vaqt içida keskin oşib ketişi oldini oliş maqsadida 1 iyundan bozorga yetarli miqdorda un mahsulotlarini ham çiqaramiz. Buning uçun kerakliça zaxira töplangan. Masalan, hozir bir oyda 130 ming tonna un içki savdo uçun bozorlarga çiqarilayotgan bölsa, bizda yana 50 ming tonna qöşimça un bor. U zarur hollarda savdoga çiqariladi.

Öylaymanki, import qilingan unning bir oyda 100 ming sömga oşişi –– Rossiya va Ukraina örtasida yuzaga kelgan siyosiy tanglikning ta’siri va bu holat vaqtinçalikdir. Çunki har bir mahsulotning qiymati böladi, öşa qiymatdan oşganidan söng, iste’molçi uning örniga boşqa mahsulotni iste’mol qilişni boşlaydi.

Hozir narxlar özining eng yuqori çöqqisiga çiqdi desak böladi. Biz bu narxlarning ortga qaytişini kutyapmiz va yana bir bor qayta aytaman, qöşimça un zaxiralari yaratilgan. Bu bilan bozordagi barqarorlikni ta’minlaymiz», – deya Moliya vazirligi departament direktori Tölqin Mirzayev sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.