Ukrainaga yangi yordam paketi: «Garpun» va «Ekskalibur»lar nimalarga qodir?
|23:40 / 30.05.202249 72716 min
Donbassda rossiyalik harbiylarning harakati nisbatan sekin keçmoqda, ammo Ukraina qurolli kuçlari ularning yurişlarini töxtata olmayapti. Qolaversa, sönggi kunlarda Severodonetsk atrofida töplangan rossiyalik kuçlar bu yerdagi ukrain qismlarini örab olişi mumkin. Ukraina xorijdan qurollar yetkazib berilişiga muhtoj va qurol oqimi ham tezlaşmoqda.
May oyining ikkinçi yarmida AQŞ Ukraina uçun 40 milliard dollarlik yordam paketini ma’qulladi, uning bir qismi töğridan töğri oğir qurollar yetkazib beriş uçun yönaltiriladi, bir qismi - bilvosita yetkazib beriladigan qurol hajmini oşiriş uçun sarflanadi, masalan, öz qurollarini ukrainlarga beruvçi davlatlarga kompensatsiya sifatida.
Paketning harbiy-texnik qismi nafaqat qurollar yetkazib berişni, balki personalni tayyorlaş va öqitiş, harbiy texnika hamda qurollarga moddiy-texnik xizmat körsatiş va boşqalarni ham öz içiga oladi.
Bu paket avvalgilaridan farqli ölaroq, nisbatan uzoq muddat uçun möljallangan. Vaşingtondagi Xalqaro strategik tadqiqotlar markazi (CSIS) katta ilmiy xodimi Mark Kançianning hisobotida yozilişiça, bu yordam joriy moliya yili davomida körsatiladi.
Şu bilan birgalikda, agar uruşning ilk bir yarim oyida Ukrainaga harbiy yordam miqdori kuniga örtaça 30 mln dollarni taşkil etgan bölsa, aprelda bu körsatkiç kuniga 100 mln dollargaça ösdi, hozirgi paketga köra esa kunlik hajm 135 mln dollarga yetadi.
23 may kuni Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan muzokara ötkazib, unga ayni vaqtda Kiyevga köproq qaysi qurollar zarurligini ma’lum qilgan.
Kiyev olişni istayotgan qurollarning ayrimlarini Ukrainaga yetkazib beriş boşlangan.
Odessa uçun «Garpun»lar
28 may kuni Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Bratçuk Ukraina kemalarga qarşi qanotli raketalarni (Harpoon) qabul qilib olganini ma’lum qildi.
«Bizga şunçalik köp «garpunlar» yetkazib berişdiki, endi RF Qora dengiz flotini butunlay çöktirib yuborişimiz mumkin. Nega unday bölmasin», deya yozdi Bratçuk.
Harpoon dengiz kompleksi sifatida yaratilgan, ammo Ukrainaga quruqlikdagi mobil qurilmalar yetkazilmoqda. Foto: AFP
Avvalroq Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiya Ukraina harbiy-dengiz kuçlarini Amerikada işlab çiqarilgan «Garpun» raketalari bilan ta’minlaşi xabar qilingandi. Önlab ukrain harbiy xizmatçilari xorijda uşbu raketa majmualarini qöllaşni örganişgan.
Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov «Garpun» raketalari Ukraina sohil mudofaasini mustahkamlaganini qayd etgan. «Işonçim komilki, «Garpun»lar va bizning «Neptun»larimizning birlaşuvi Odessaning işonçli himoyasini ta’minlaş, Qora dengizni ozod etiş va uni yana xavfsiz qilişga yordam beradi», — degan Reznikov.
Ukrainaga raketalarning aynan qanday modifikatsiyasi yuborilgani ma’lum emas. «Garpun» - raketalarning butun bir oilasi, u köp bor modernizatsiya qilingan. Jane's Defense naşriga köra, Daniya katta ehtimol bilan RGM 84L Block II modifikatsiyasini yuborişini yozgan.
«Garpun»ning bu modifikatsiyasi nafaqat oçiq dengizdagi nişonlarga, balki sohil yaqinidagi kemalar va hatto quruqlikdagi obektlarga hujum qilişi mumkin.
«Garpun» yoki «Moskva» kreyserini çöktirib yuborgan ukrainlarning «Neptun» rusumli kemalarga qarşi raketalari oldindan nişonni belgilab beriş orqali yönaltiriladi - nişon koordinatalari ularning bort kompyuterida saqlanadi va nişonga yaqinlaşgaç, raketa radar orqali boşqariladi.
Bunday radar oçiq dengizda yirik metall obektni osonlik bilan aniqlaydi, ammo quruqlikda nişonni topiş biroz murakkablaşadi. Quruqlikdagi kiçik nişonlarga dengiz raketalari bilan zarba beriş yanada qiyinroq - qattiq sirtlarni ajratib belgilaş qiyinlaşadi. Aynan şu tufayli portda turgan harbiy kema oçiq dengizdagidan köra xavfsizroq şaroitda böladi.
Ammo «Garpun» kemalarni port yoki sohildagi qurilmalardan farqlay oladigan qilib takomillaştirilgan.
«Garpun»ning bu modernizatsiyasida yönaltiriş tizimini yaxşilaş uçun inersiya bilan işlaydigan navigatsiya tizimidan taşqari (raketa «xotira böyiça» uçayotganida ma’lum nuqtada öz trayektoriyasini özgartiradi), GPS priyomnigidan ham foydalanilgan.
«Garpun»ning harakatlaniş masofasi ukrainlarning «Neptun»inikidan kamroq - 280 kilometrga qarşi 140 kilometr. Ammo jangovar kallak sezilarli darajada kuçli - ukrainlarning 150 kilogrammiga qarşi 221 kilogramm.
NavalNews naşri yozişiça, bunday majmualarni boşqaruvçi personalni öqitiş uçun taxminan 14 kun ketadi. Qayd etilişiça, bu vaqt raketa uçirişni örganiş uçun yetarli, ammo texnik xizmat körsatiş, xatolarni aniqlaş va bartaraf etiş hamda boşqa könikmalarni egallaş uçun qöşimça maşğulotlar ötaş kerak böladi.
«Garpun» majmualari Odessa hududiga joylaştiriladi, bu orqali ukrain portlarini deblokada qiliş va rossiyaliklar tomonidan desant tuşiriş ehtimoliga qarşi turiş közda tutilgan.
NavalNews naşri qayd etişiça, Qora dengiz floti kemalari uçun öziga xos «havo hujumidan mudofaa tizimlari soyaboni» vazifasini ötab kelgan «Moskva» kreyseri çöktirilgaç, Rossiya dengiz kuçlari Qrim sohillariga yaqinroq joylaşişga harakat qilmoqda.
Birinçidan, bu yerda ularni sohildagi havo hujumidan mudofaa tizimlari himoyalaydi, ikkinçidan, sohilning özi ularni kemalarga qarşi raketalardan saqlaydi - yuqorida aytilganidek, bu yerdagi turli obektlar raketalarni çalğitadi.
Çex vertolyotlari va tanklari
Sönggi yetkazib berilgan qurollar qatorida - Mi-35 vertolyotlari bor, ularni Ukrainaga Çexiya jönatgan.
Ukraina harbiy havo kuçlari bunday vertolyotlardan qança qabul qilib olganiga aniqlik kiritilmagan, Military Balance naşri ma’lumotiga köra, 2021 yilda Çexiyada 17 dona Mi-24D va 10 dona - Mi-35 (Mi-24’ning yangilangan versiyasi) vertolyotlari bölgan.
2019 yil yozida Çexiya uşbu vertolyotlardan, şuningdek Mi-8MTV harbiy-transport vertolyotlaridan voz keçgandi, ularni Amerikaning zarbdor vertolyotlari bilan almaştirişga qaror qilingan.
Military Balance ma’lumotiga köra, Ukraina 2021 yilda Mi-24 rusumli 35 ta vertolyotga ega bölgan. Ayni vaqtga kelib ularning qançasi omon qolgani noma’lum. Harbiy harakatlar şaroitida yöqotişlar kölamini aniq baholaş imkonsiz.
Zarbdor vertolyotlar - zamonaviy uruşlar şaroitida quruqlikdagi kuçlarni qöllab-quvvatlaşda muhim vositalardan biri hisoblanadi. Ularning örnini uçuvçisiz uçiş qurilmalari bosa olmaydi, vertolyotlar köproq öq-dori olib yuradi va nişonlar tanlaşda köproq imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Ammo qöşinlar köplab havo hujumiga qarşi vositalarga ega bölgan şaroitda vertolyotlar urib tuşirilişi ehtimoli sezilarli darajada yuqori böladi.
Masalan, ukrain qöşinida köplab köçma va mobil zenit-raketa majmualari paydo bölganida, Rossiyaning zarbdor vertolyotlar guruhi katta yöqotişlarga uçragan va uruşning ilk kunlaridagiga qaraganda ehtiyotkorlik bilan harakatlana boşlagan.
Rossiya harbiylari ham köplab zenit vositalariga, jumladan «Pansir-S» raketa-artilleriya qurilmalari va ukrainlarning taktik aviatsiyasi harakatini qiyinlaştirişi mumkin bölgan boşqa qurilmalarga ega.
Pentagon rahbari Lloyd Ostinning bayonotiga köra, Çexiya Ukrainaga tanklar va baravar öt oçiş tizimlari yuborişi ham közda tutilgan.
Vazir bu borada heç qanday tafsilotlarni keltirmagan, ammo avvalroq Çexiya Ukrainaga bir neça ön dona RM-70 (sovetlarning BM-21 «Grad» tizimining mahalliylaştirilgan varianti) raketa qurilmalari va T-72M1 tanklari jönatgandi.
M777 – «aqlli» yoki oddiysi?
Avvalroq AQŞ Ukrainaga 90 ta M777 gaubitsalari yetkazib bergandi. Avstraliya va Kanada şunday vositalardan yana 10 tasini yuborişni va’da qilgan.
Ammo gaubitsalarning jönatişga tayyorlanayotgandagi va Ukrainaga yetib kelgandagi tasvirlari paydo bölganida, harbiy ekspertlar ularning korpuslarida yuqori aniqlikdagi snaryadlarni otiş uçun zarur bölgan raqamli bloklar yöqligiga e’tibor qaratişdi.
Bunday bloklar - amalda bort kompyuterlari - nafaqat gaubitsa korrdinatalarini, balki snaryadning boşlanğiç tezligi va boşqa köplab jihatlarni hisoblaydi. Bundan taşqari, ular yönaltiriş jarayonini tezlaştiruvçi ma’lumot almaşiş bloklariga ega. Bu bloklar stvolning örta qismida örnatilgan kiçik pölat quti körinişida böladi (yana bir blok stvol ostida joylaşadi va taşqaridan qaraganda körinmaydi).
Ukraina mudofaa vazirligi tarqatgan videoda ham M777 gaubitsalarida bunday bloklar yöqligini köriş mumkin.
Bunday qutilar yöqligini körgan köplab şarhlovçilar ukrainlarga yetkazib berilgan M777 zambaraklari M982 Excalibur tipidagi yuqori aniqlikda yönaltiriluvçi öq-dorilardan foydalana olmasligi haqida ayta boşlaşdi.
Şu bilan birga, Telegram’da Polşa va Ukraina çegarasida olingani aytilgan yana bir video paydo böldi. Unda elektron bloklar örnatilgan M777 gaubitsalarini olib ketayotgan şatakçilar aks etgan. Videoda boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Yuqori aniqlikdagi snaryadlar
Ukrainaga yangi yordam paketi M777 gaubitsalari uçun Kanada tomoni yetkazib berayotgan 20 ming snaryadni ham öz içiga oladi. Ular orasida yuqori aniqlikdagi öq-dorilar ham bor-yöqligi ma’lum emas.
M982 Excalibur snaryadlari ikkita galma-gal işlovçi navigatsiya tizimlaridan - öt otiş nuqtasidan nişongaça trayektoriyani hisoblovçi GPS va inersiyaga asoslangan tizimlardan foydalanadi. Inersial tizim taşqi axborot manbalariga, masalan, sun’iy yöldoş signaliga boğliq bölmaydi, u faqat snaryad parvozi trayektoriyasini hisoblaydi.
Bunda snaryad manyovr qiliş va yetib boriş masofasini 40 kilometrgaça oşirişga yordam beruvçi yiğiladigan «qanotlar»dan foydalanadi. M982 Excalibur’ning nişondan çetga oğiş ehtimoli beş metrdan oşmaydi.
Rossiyaliklarning Ukrainada qöllanayotgan yuqori aniqlikda harakatlanuvçi «Krasnopol» snaryadlari esa nişon taşqaridan belgilab berilişiga muhtoj - u lazer nuri orqali yönaltiriladi. Bunday tizim, nişonni belgilab beruvçi qöşimça vositadan taşqari ob-havo şaroitlariga ham (tuman, tutun va boşqalar) boğliq.
Ijtimoiy tarmoqda paydo bölgan fotosuratlardan birining muallifi uzoq masofaga uçuvçi va qudratli M795 hamda M549A1 snaryadlari Ukrainaga yetkazib berilganini aytadi. Bular uçiş masofasi yaxşilangan öq-dorilardir, M795’ning aniqligi ham kuçaytirilgan, ammo u ham Excalibur’niki kabi yuqori darajada emas.
Yuqori aniqlikdagi snaryadlar Ukrainaga şuning uçun kerakki, endilikda harbiy harakatlarda artilleriya eng asosiy zarba beriş vositasiga aylandi. Rossiyada artilleriya tizimlari köproq - öziyurar, şatakka olinuvçi, stvollli va reaktiv tizimlar. Ukraina qurolli kuçlari son ustunligiga sifat bilan qarşi turişga intilmoqda. Bundan taşqari, ukrainlar rossiyaliklarning köp sonli artilleriya tizimlariga qarşi kuraş şaroitida yuqori aniqlikdagi snaryadlar bilan samaradorlikni oşirişni istaşmoqda.
Gaubitsalar odatda yuqorilatib öq uzadi va ularning stvollari yuqoriga qarab turadi. Foto: DEFENSE.GOV
Şilliqurtdagi patron
Ukraina özi istagan barça qurollarni ololmayapti.
Xususan, Amerika hamon uzoq masofaga zarba beruvçi baravar öt oçiş tizimlarini yetkazib berişga ikkilanmoqda. Stvolli artilleriya bilan bölgani kabi bunday tizim ham Ukraina qurolli kuçlari uçun masofa borasida ustunlikka ega bölişda juda muhim.
Kiyev Amerikadan 300 kilometr masofadagi nişonga zarba bera oluvçi M142 HIMARS hamda 80 kilometrga otuvçi M270 MLRS baravar öt oçiş tizimlarini söramoqda.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy 5 may kuniyoq feysbukdagi sahifasida bunday tizimlar Ukraina armiyasi uçun juda zarur ekanini yozgandi.
18 may kuni Politico naşri AQŞ prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga asoslangan holda, Vaşington bunday kuçli tizimlarni Kiyevga berişni istamayotgani haqida xabar tarqatdi. Manba buni ma’muriyat ukrainlarga bunday tizimlardan kam miqdorda yetkazib berişdan köra, köproq M777 gaubitsalari va ular uçun snaryadlar yetkazib berişni ma’qul körayotgani bilan izohlagandi.
Şuningdek, Vaşingtondagilar ukrainlar bunday tizimlar bilan Rossiya hududiga zarba berişi mumkinligi va mojaro yanada keskinlaşuvidan xavfsirayotgani aytildi.
27 may kuni CNN Bayden ma’muriyati uzoq ikkilanişlardan keyin Ukrainaga M270 MLRS baravar öt oçiş tizimlarini yetkazib berişga rozi bölganini xabar qildi.
29 may kuni Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixail Podolyak mamlakat armiyasi 100 kilometrdan ortiq masofaga zarba beruvçi MLRS tizimlarini olayotganini ma’lum qildi.
20 may kuni Reuters agentligi Vaşington Kiyevga «Garpun» raketalaridan taşqari Norvegiya tomonidan işlab çiqilgan Naval Strike Missile rusumli kemalarga qarşi raketalar ham yetkazib beriş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida xabar bergandi.
185 kilometr masofaga yetib boruvçi va 125 kilogrammlik jangovar kallakka ega bölgan bunday raketalar «Garpun»lardan boşqaçaroq qilib işlangan. Uning yönaltiriş tizimi infraqizil datçik va bort kompyuteridagi nişonlar haqidagi ma’lumotlar bazasidan foydalanadi. Bunday opsiya evaziga NSM nafaqat dengizdagi, balki sohildagi yoki yer yuzasidagi nişonlarga ham hujum qila oladi. Bundan taşqari, raketa nişonga qarab uçiş çoğida özining urib tuşirilişini qiyinlaştiriş uçun manyovrlar amalga oşira oladi.
Amerika matbuoti Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam paketini tayyorlaş çoğida Ukrainaga Patriot zenit-raketa majmualarini yetkazib beriş masalasini ham keng muhokama qildi. Bu tizim keng radiusda harakat qilib, ballistik va qanotli raketalar, şuningdek, harbiy samolyotlarni urib tuşirişga qodir. Hozirda oçiq manbalarda bunday tizimlar yetkazib beriş rejasi böyiça tafsilotlar yöq.
Qolaversa, Germaniyadan oğir qurollar yetkazib berilişi masalasiga ham hal qilingani yöq. Avvalroq Berlin Kiyevga yettita PzH 2000 rusumli (yana beştasini Niderlandiya beradi) öziyurar artilleriya qurilmalari, şuningdek Leopard 1 tanklari şassisiga örnatilgan 70 ta Gepard zenit-raketa tizimlari yuborişi xabar qilingandi. Bundan taşqari, nemis naşrlariga köra, Rheinmetall kompaniyasi hukumatga Ukrainaga 88 ta Leopard-1A5 tanklari va yuzga yaqin Marder jangovar piyodalar maşinalari (BMP) yetkazib beriş taklifi bilan murojaat qilgan.
UNIAN agentligi ma’lumotiga köra, ukrain harbiylari PzH 2000 öziyurar artilleriya qurilmalaridan foydalaniş uçun Germaniyada tahsil olmoqda. 20 may kuni Germaniya mudofaa vaziri Gepard zenit tanklari ham Ukrainaga yetkazilişi, ammo ularning soni 15 dona bölişi va bu yetkazma faqat iyul oyida amalga oşirilişi mumkinligini aytdi.
«Leopard» va «Marder»lar masalasi hali hal bölmagan. Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Davos forumida BMPlar yetkazib berilişi ehtimoli yuqori ekani, tanklar böyiça esa hozirça faqat orzu qiliş mumkinligini aytdi.
Boşqa bir diplomat, Ukrainaning Germaniyadagi elçisi Andrey Melnik tvitterdagi sahifasida yelkasiga bir dona patron ortmoqlagan şilliqurt suratini joylaştirdi va «Germaniyaning Ukrainaga yordami allaqaçon yölda» deya izoh qoldirdi. Melnikning sözlariga köra, u bu suratni Kiyevdagi hukumat a’zolaridan biridan qabul qilgan.
Avvalroq Melnik öz intervyularidan birida qurollar yetkazib berilişini Olaf Şols kanselyariyasi sekinlaştirayotgani haqida aytgandi.