Ukrainaga Ğarb qurollari yetkazilişi jang maydonidagi vaziyatni qanday özgartirmoqda?
|21:09 / 23.05.202243 35226 min
Stinger bilan ketayotgan ukrain askari. Foto: AnadoluStinger bilan ketayotgan ukrain askari. Foto: Anadolu
Mutaxassislar baholariga köra, Ukrainadagi uruşda sovetlar qurolli kuçlari körsatmalari va ustavlari böyiça harakatlanayotgan Rossiya armiyasi yangiça tipdagi armiyaga qarşi turişiga töğri kelmoqda. Ukraina qurolli kuçlari nisbatan moslaşuvçan taktika va taşkilotçilikni işlab çiqişga muvaffaq bölgan, endilikda, Kiyevdagilar ularga yanada zamonaviy va takomillaşgan qurollar kerak deb hisoblamoqda. Ammo yangi qurollar yetkazib berilişi ukrainaliklar qarşisida yangi muammolarni keltirib çiqarmoqda – bunday qurollardan foydalanişni ham örganiş kerak.
«Agar Ukraina hamkorlarimizda mavjud, Rossiya tomonidan qöllanayotgan qurollar bilan taqqoslaş mumkin bölgan barça qurollardan foydalana olganida edi, biz bu uruşni allaqaçon yakunlagan bölardik», degandi prezident Volodimir Zelenskiy aprel oyi oxiridagi murojaatlaridan birida.
Ukrainaga qurol yetkazib beriş uruşdan avvalroq boşlangandi, ammo uruşga qadar va uruşning ilk kunlarida Ğarb asosan piyodalar uçun qurollarni jönatgan – tankka qarşi qölda olib yuriluvçi raketalar va zenit raketa majmualari, şuningdek turli harbiy yuklar – asosan, öq-dorilar, amunitsiya (askarning kiyim va quroldan boşqa anjomlari), tibbiy töplamlar, tungi köriş vositalari. Bu jönatmalar uruşning dastlabki davrida rossiyaliklar yurişini töxtatişga yordam berdi.
Uruşning keyingi haftalarida, ayniqsa rossiyalik harbiylar Kiyevni egallay olmagaç, bu yönalişdan çekinib, asosiy kuçlarni Donbass va Ukrainaning janubiy hududlariga yönaltirganidan keyin Ukraina Ğarbdan nisbatan oğir qurollar söray boşladi.
Endi Ukrainaga reaktiv va stvolli artilleriya, yuqori aniqlikdagi snaryadlar, zirhli texnika va havo hujumidan mudofaa majmualari, uçuvçisiz uçiş qurilmalari, kemalarga qarşi raketalar kerak edi. Bundan taşqari, ekspertlar fikriça, Ukraina harbiy havo kuçlariga jangovar samolyotlar va vertolyotlar ham kerak.
Umuman olganda, ukrainlar armiyasi Rossiya kuçlariga butun front böylab emas, muhim nişonlarga aniq zarbalar beriş orqali moslaşuvçan taktika bilan qarşi turişga harakat qilmoqda. Bu esa rossiyalik harbiylarning joylaşuvi va harakatlari töğrisida eng sönggi ma’lumotlardan xabardorlikni talab etadi.
Aynan şuning uçun ukrainlar razvedka va nişonni belgilaş vositalari – radarlar, batareyaga qarşi uruş vositalari, dronlar va sun’iy yöldoş ma’lumotlariga muhtoj.
Mavzuga oid
Ikki tomon ham aviatsiya qöllaş imkoniyatlarini saqlab qolmoqda, ammo havo hujumidan mudofaa tizimlari havoda töliq ustunlikni qölga kiritiş imkonini bermayapti. Şu bilan birga, ikki tomonda ham havo hujumidan mudofaa tizimlari katta yöqotişlarga uçragan – bu yöqotişlar örnini ham töldiriş kerak.
10 may kuni Pentagon Ukraina AQŞdan olayotgan va olişda davom etadigan qurollar röyxatini e’lon qildi. Bundan taşqari, Kiyev Yevropa davlatlaridan boşqa tizimlar yetkazib berilişini kutmoqda.
Ayrim qurollar yetkazib berilişi boşlangan, ayrimlari böyiça hali kelişuvga erişilmagan. Masalan, Kiyev hozirça Ğarb davlatlarini jangovar aviatsiya yetkazib berişga köndira olgani yöq. Ukraina faqat Mi-17 vertolyotlarini olgan, holbuki Polşadan MiG-29 rusumli qiruvçi samolyotlari ham kelişidan umid qilinayotgandi.
Aprel oyi örtalarida Ukraina harbiy havo kuçlari AQŞ vositaçiligida aviatsiya uçun ehtiyot qismlar olgandi, buning evaziga bir qança MiG qiruvçilarini havoga kötarişga muvaffaq bölingan, aynan qançaligi – noma’lum. Ammo OAV ma’lumotiga köra, samolyotlar yetkazib beriş böyiça muzokaralar hali tugamagan va Kiyev baribir qiruvçi samolyotlarga ega böliş imkoniyatlarini izlamoqda.
Ukraina xorijdan ehtiyot qismlar yetkazib berilgaç, jangovar samolyotlarining bir qançasini ta’mirlaşga muvaffaq böldi. Foto: Getty Images
Qurollar va harbiy texnikalar harbiy yordamning bir qismidir. Bundan taşqari, Ukrainaga tibbiy qurilmalar va dori-darmonlar, şaxsiy himoya vositalari, öq-dorilar va boşqa köplab jönatmalar kelmoqda.
Eski va yangilar
Ukrainaga yordam berayotgan qurol va texnikalar turliça – sovetlar davrida SSSR va sotsialistik lager mamlakatlarida işlab çiqilganlari hamda Ğarb işlab çiqarganlar, ularning orasida ham eski va yangi qurollar bor.
Wall Street Journal ma’lumotiga köra, Buyuk Britaniya butun dunyo böylab mudofaa vazirligi va öz harbiy attaşelari orqali sovetlar davriga mansub bölgan qurollarni izlamoqda. Britanlar mudofaa vaziri Ben Uollesning aytişiça, köp hollarda Rossiya vakillari ham xuddi şu mamlakatlarda şunday qurollarni izlayotgani ma’lum bölmoqda. Dunyoning 23 mamlakati armiyasida sovetlar yoki rossiyaliklar qurollari mavjud.
Sovetlarning eski qurollarini yetkazib beriş – majburiy çoradir, bu ukrainlarga yangi texnikalardan foydalana oladigan qismlar yetiştirilguniga qadar qarşilik körsatişda davom etişni ta’minlaş uçun zarur.
Ukrainaga yetkazib berilayotgan sovetlar qurollari öz xususiyatlariga köra ayni vaqtda Rossiya armiyasi ixtiyoridagi ayni şu kabi qurollardan yomonroq holatda.
Endi uruşda Javelin raketalaridan köra, artilleriya tizimlari zarurroq. Foto: AFP
Ammo tanklar, zirhli maşinalar, katta va kiçik zenit-raketa majmualari şaxsiy tarkib va ekipajni köp muddat davomida tayyorlaşni talab etmaydi – bunday texnikalar ukrain harbiylariga yaxşi taniş. Bunday yetkazmalar Ukraina qurolli kuçlari yöqotişlari örnini töldirişga imkon bermoqda.
Yetkazmalarning ikkinçi turi – Ğarb qurollari. Ular ham eski yoki yangi bölişi mumkin, ammo nima bölganda ham bunday texnikalarga xizmat körsatiş, ularni boşqariş va ularda jang qilişni örganiş talab etiladi.
Ğarbning köplab qurollari masofa, aniqlik va umumiy samaradorlik böyiça rossiyaliklarning qurollaridan ustunroq hisoblanadi.
Gaubitsalar va raketalar uruşi
Rus qöşinlari Kiyev, Çernigov va Sumidan çekingaç, uruşning tabiati özgardi. Endi rossiyaliklar armiyasi ziç artilleriya kömagisiz, şuningdek, aviatsiya qöllab-quvvatlovisiz ança içkari kirib borişga intilmayapti. Şu bilan birga, muhim yönalişlardagi hujumlar ikkinçi darajali faol harakatlar bilan kuzatib borilmoqda – bu esa Ukraina qurolli kuçlarining frontning boşqa uçastkalaridan qöşimça kuçlar olib kelişini murakkablaştiradi.
AQŞ Ukrainaga 90 dona M777 gaubitsalari yubordi. Foto: AFP
Ammo yuriş tempi pastligiça qolmoqda. Alohida rayonlarda esa umuman olğa siljiş kuzatilmayapti, boşqa joylarda rossiyalik harbiylar bir neça kilometrgina ilgarilay olişgan. Xarkov oblastida ukrain harbiylari javob zarbalari berib, front çiziğini şahardan uzoqlaştirişdi, ayrim joylarda esa davlat çegaralariga çiqişdi yoki yaqin kelişdi.
Endi uruş tabiati özgargan, rossiyaliklar tankka qarşi zamonaviy raketalar va zenit qurollarga ega bölgan ukrainalik harbiylardan çöçib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanişmoqda. Zirhli texnikalar va Javelin’lar uruşi endi tanklar, gaubitsalar va raketalar uruşiga aylanmoqda. Şuning uçun Ukrainaga tobora köproq artilleriya va ular uçun öq-dorilar yetkazib berila boşlandi.
Ukrainaga nimalar yetkazib berildi?
Çexiya – RM-70 raketa qurilmalari - sovetlarning BM-21 «Grad» tizimining mahalliylaştirilgan varianti. Bir neça ön dona
Polşa – BM-21 «Grad», aniq soni ma’lum emas
AQŞ – M777 gaubitsalari. 90 dona
Polşa – «Gvozdika» öziyurar artilleriya qurilmalari. 20 dona atrofida
Estoniya – D-30 gaubitsalari. Bir neça dona
Çexiya – ShKH vz. 77 DANA öziyurar gaubitsalar. 20 dona.
Yana nimalar yetkazib berilişi kutilmoqda?
Fransiya – Caesar ğildirakli öziyurar artilleriya qurilmasi. 10-12 dona
Germaniya – gusenitsali PzH 2000 öziyurar artilleriya qurilmasi. Yetti dona
Niderlandiya – PzH 2000 öziyurar artilleriya qurilmasi. Beş dona
Norvegiya – gusenitsali M109A3GN öziyurar artilleriya qurilmasi. 20 dona
Avstraliya – M777 gaubitsalari. Olti dona
Kanada – M777 gaubitsalari. Tört dona.
Ukraina AQŞ M142 HIMARS va M270 MLRS rusumli uzoq masofaga otuvçi reaktiv tizimlari yetkazib berişidan umid qilmoqda, bu qurollar mos ravişda 300 va 80 kilometrdagi nişonlarga zarba berişi mumkin.
Politico naşri manbalariga köra, AQŞ Kiyev söragan baravar öt oçuvçi tizimlarni berişga şoşilmayapti, Oq uy bunday qurollar Rossiya hududiga zarba beriş uçun qöllanişidan, bu esa mojaroni faqat kengaytirişi va çözişidan xavotirda.
5 may kuni Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy öz telegram-kanalida uzoq masofaga öt oçuvçi bunday reaktiv tizimlar Ukraina qurolli kuçlariga qanotli raketalar uçirilişiga qarşi kuraşiş uçun zarurligini aytgandi.
Ikki tomon ham köplab zirhli texnikalaridan ayrilgan - suratda yöl böyida qolgan ukrainlarning T-64 tanki. Foto: AFP
Ayni vaqtda britanlarning dengizdagi nişonlar uçun möljallangan va aviatsiya orqali qöllanadigan Brimstone raketalari Ukrainaga olib kelingan va quruqlikdagi qurilmadan quruqlikdagi nişonlarga zarba beriş uçun moslaştirilgan. Britaniya bunday qurollarni Ukrainaga yetkazib berişi haqida xabarlar Birlaşgan Qirollik boş vaziri Boris Jonsonning Kiyevga taşrifidan keyin paydo bölgandi. Bunday raketalar Ukrainada may oyi boşlarida qöllangan, 15 may kuni esa bunday raketalar quruqlikdagi qurilmadan uçirilayotgani ask etgan video paydo böldi.
Raketalar, snaryad va minalar yetkazib berilişi allaqaçon Ukrainaga rossiyaliklar bosqinini töxtatişda yordam bermoqda. Isroillik harbiy ekspert David Gendelman BBC bilan intervyuda bunday öq-dorilar hal qiluvçi rolni öynayotgani haqida gapirgan. «Ukraina nafaqat qurollar, balki öq-dorilar ham olmoqda. Buning evaziga ular şu kunga qadar qarşilik körsatmoqda. Önlab gaubitsalarsiz ham ular şu vaqtgaça jang qilib turişardi, ammo bunday keng kölamli uruşda öq-dorilar juda tez sarflanib ketadi», degan u.
Artilleriya yetkazib berilişi nimani özgartiradi?
Ukrainaning öz artilleriyasi bor, ammo uning katta qismi sovetlar mahsuloti va xususiyatlariga köra Rossiya tizimlariniki bilan bir xil. Boşqaça aytganda, ukrainlar batareyasi zarbalari rossiyaliklar pozitsiyalariga yeta olsa, qarşi tomondan ham şunday javob böladi.
Infografikadagi ma’lumotlar oddiy snaryadlar böyiça
Ukraina qurolli kuçlarida – «Grad» raketa ustanovkalari, uzoqroq masofaga zarba beruvçi «Uragan» va «Smerç»lar bor. Şuningdek öziyurar «Msta-S», «Giatsint-S», «Akatsiya», «Gvozdika» va 203-millimetrli «Pion» öziyurar artilliya qurilmalari (sanoqli) mavjud. Ukraina armiyasida sovetlar davridan «Msta», «Giatsint», D-20 va D-30 kabi oddiy gaubitsalar ham qolgan.
Ğarbning uzoq masofalarga otuvçi artilleriya tizimlarini olib, ukrain harbiylari rossiyaliklar artilleriyasi yeta olmaydigan pozitsiyadan turib zarbalar yöllaşi mumkin böladi.
Ammo standartlardagi farqlar tufayli ular uçun alohida öq-dorilar ham sotib olişga töğri keladi va bu alohida logistik muammoga aylanadi. Pentagon jönatmalari röyxatida 155-millimetrlik qurollar uçun 200 ming dona snaryad ham keltirilgan. Jon Kirbining sözlariga köra, şundan 120 mingtasi allaqaçon Ukrainaga yetkazilgan.
Bundan taşqari, köplab parametrlar, jumladan aniqlik yoki masofa uzunligi Ukrainaga yetkazilayotgan snaryadlarga boğliq. Bunday öq-dorilardan yetarliça köp işlab çiqilgan, yönaltiruvçi va korreksiya qiluvçi tizimlarga ega bölgan maxsus yuqori aniqlikdagi va uzoq masofaga yetib boruvçi snaryadlar mavjud va ularning narxi juda qimmat.
Ukrainaga maxsus snaryadlardan foydalaniş mumkin bölgan, modifikatsiya qilingan M777 gaubitsalari yetkazib berilgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlardan birida muallif juda uzoq masofaga uçuvçi va vayronkor zarba beruvçi M795 hamda M549A1 snaryadlarini körsatgan.
Zirhli texnika
Uruşdan oldin va uruşning birinçi bosqiçida faol yetkazib berilgan tankka qarşi köçma raketa majmualari ukrain piyodalariga Rossiya qöşinlarining tarqoq va himoyasiz kolonnalari hujumiga qarşi turişda yordam berdi.
Javelin’lar ukrain armiyasiga uruşning ilk davrida katta yordam berdi, endi esa artilleriya kerak. Foto: AFP
Internetda yondirib yuborilgan köplab texnikalar fotosuratlari va videoyozuvlari paydo böldi va bu granatomyot tankka qarşi kuraşdagi mukammal vosita ekani haqida taassurot uyğotdi. Tanklar universal va yuqori samarali harbiy harakatlar olib boriluvçi vositadan köra Javelin, NLAW, «Stugna» va boşqa tankka qarşi raketa komplekslari uçun harakatlanuvçi nişonga öxşab qoldi.
Köp jihatdan bunday taassurot aynan şunday video va fotolar tufayli yuzaga kelgan. Ekspertlar qayd etişiça, köplab tanklar va boşqa zirhli maşinalar nafaqat köçma granatomyotlar va tankka qarşi boşqariluvçi raketalar orqali, balki artilleriya bilan ham nişonga olingan va Rossiya Kiyev atrofidan çekinib, asosiy e’tiborini Donbassdagi yurişlarga qaratgaç, aynan artilleriya tizimlari tanklar va boşqa zirhli texnikalarga qarşi kuraşişda asosiy vositaga aylandi.
Birinçidan, rossiyalik harbiylar taktikani özgartirdi, endi ular birgalikdagi jang olib borişga harakat qilmoqda, bunda tanklar piyodalar, yengil zirhli texnikalar va artilleriya kömagida olğa harakatlanadi. Töğri foydalaniş orqali tanklar jangovar guruhning asosiga aylanadi va hujumni kuçaytiradi, piyodalar esa ularni granatomyotçilardan himoyalab boradi.
Ukrain tanklari ham mudofaada faol iştirok etmoqda va yöqotişlarga uçramoqda, uruş şaroitida buni aniq baholaşning imkoni yöq. Ukraina armiyasi tank parkini töldirişga muhtoj va hozirgaça xorijdan bir neça yuz maşina yetib kelgan.
M113 - Vetnam uruşi davridan buyon Amerika armiyasida «işçi ot» hisoblanadi, u Iroq uruşida ham xizmat körsatgan
Yengil zirhli texnikalar jangda yanada ojiz, ayniqsa sovetlarning piyodalar jangovar maşinalari, zirhli transportyorlari va desant maşinalari himoyani kamaytiriş hisobiga yengillaştirilgani bilan ajralib turadi.
Ikki tomon ham köplab yengil zirhli texnikalaridan ayrilgan va parkini töldirişga katta ehtiyoj sezadi. Ammo Rossiyada bunday texnikalar zaxirasi Ukrainadagidan kattaroq va şu tufayli Ukraina qurolli kuçlariga har qanday zirhli transportyorlar va BMPlar asqotadi.
Ukrainaga qanday zirhli texnikalar yetkazilgan yoki yetkaziş jarayonida?
Polşa – T-72M1 tanklari. 240 dona
Çexiya – T-72M1 tanklari. Aniq miqdori noma’lum
AQŞ – M113 gusenitsali zirhli transportyorlar. 200 dona
Daniya – M113. 50 dona
Polşa – BMP-1. Önlab
Çexiya – 50 Pbv 501A (BMP-1). 56 dona
Avstraliya – Bushmaster zirhli maşinalari. 20 dona
AQŞ – M1114 HMMWV Humvee zirhli maşinalari. 100 dona atrofida
Buyuk Britaniya – Mastiff, Wolfhound va Husky patrul zirhli maşinalari. 80 dona
Kanada – Roshel Senator zirhli maşinalari. Sakkiz dona
Ispaniya - URO VAMTAC zirhli maşinalari. Aniq miqdori noma’lum
Buyuk Britaniya – FV103 Spartan gusenitsali zirhli transportyorlar. 35 dona
Daniya – Piranha III ğildirakli zirhli transportyorlar. 25 dona.
Nima yetkazib berilişi mumkin, ammo hozirça kelişuvga erişilmagan?
Germaniya – Leopard-1A5 tanklari. 88 dona
Germaniya – Marder piyodalar jangovar maşinalari. 100 dona.
Zirhli texnikalar yetkazib berilişi nimani özgartiradi?
Ukrainaga amalda tanklarning faqat bitta modeli – sovetlarning T-72M1 tanklari yetkazib berildi. Ular hozirça ikki mamlakatdan (Polşa va Çexiya) kelmoqda va jihozlanişi böyiça biroz farqli, ammo umuman olganda bu tanklar, BBC bilan suhbatda ukrainalik harbiy ekspert, zirhli texnikalar böyiça mutaxassis hisoblangan Andrey Tarasenkoning aytişiça, ukrain tankçilariga yaxşi taniş.
Bu tanklarning kamçiligi – dinamik himoya bloklari (DZ) yöqligi, ekspertning aytişiça, ular Ukrainaga keltirilgaç, qayta jihozlaşni talab etadi. Bunday himoya bloklari işlab çiqarilişi Ukrainada uruşdan oldinroq yölga qöyilgandi. Tarasenko qisqa vaqt içida bunday kölamdagi modernizatsiya ötkaziş qiyin keçişini tan olgan.
Germaniyaning Marder piyodalar jangovar maşinalari kelajakda Ukrainada paydo bölişi mumkin. Foto: Getty
Yengil texnikalar orasida Amerikaning M113 va Humvee zirhli avtomobillari köproq, bu ularga xizmat körsatiş va ehtiyot qismlar bilan ta’minlaşni osonlaştiradi. Ammo ulardan taşqari bir neça mamlakat Ukraina armiyasi uçun turli zirhli maşinalar partiyalarini yetkazib bergan yoki yetkazib berişga hozirlanmoqda. Ularga xizmat körsatiş va ta’mirlaş – logistika nuqtayi nazaridan nisbatan murakkab vazifadir.
Ammo, Andrey Tarasenkoning fikriça, «harbiy harakatlar şaroitida texnikalar iste’moli şunday kattaki, ekipaj hayotini saqlaşi mumkin bölgan har qanday maşina zarur va dolzarbdir». «Ularni ta’mirlaş va ta’minlaş muammolari ikkinçi planga çiqadi, çunki [texnikalar] işlatilişi, yöqotişlar soni va nosozliklar juda katta», degan u.
Bundan taşqari, Ukraina xorij maşinalari uçun ham, sovetlarga mansub eski maşinalar uçun ham ekipajlarni tayyorlaşi talab etiladi.
«Mavjud tanklar imkoniyatlaridan ham tegişli tayyorgarlik, trenajyorlar, öquv parki, metodik materiallarsiz hatto 60-70 foizga foydalanilmayapti», deydi ekspert. «1989 yilda ötkazilgan tadqiqotlarga köra, ekipaj tayyorligi darajasining 25 foizga oşişi jangovar maşinalar va tanklar parkining 60 foizga ösişiga mos keladi», deya qöşimça qilgan u.
Andrey Tarasenkoning sözlariga köra, Amerikaning öqitiş tizimi sovetlarnikidan ustun, çunki u yerda nisbatan zamonaviy trenajyorlar mavjud. Ukraina ham zamonaviy öquv maşğulot komplekslariga ega, ammo tankçilarni öqitiş kamida bir neça hafta vaqt oladi.
Dronlar
Uçuvçisiz uçiş qurilmalari sönggi yillarda zamonaviy harbiy mojarolarning asosiy ramziga aylanayozdi.
Ammo xuddi tanklarga qarşi majmualar bilan bölgani kabi, dronlarning samaradorligini baholaşda ham media va blogosfera katta ta’sir körsatdi – Toğli Qoraboğ yoki Ukrainadagi uruşda dronlar kameralari orqali tasvirga olingan, harbiy texnikalarning yakson etilişi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda ança maşhur.
Turklarning «Bayraktar» razvedkaçi droni zarba berişi ham mumkin. Foto: Getty
Mutaxassislar baholariga köra, dronlarning jang maydonidagi haqiqiy örni aslida boşqaça. Ular çindan ham zarbalar berişi mumkin va ba’zida buni muvaffaqiyatli bajarişadi. Ammo ular boşqa kuçliroq zarba beriş vositalari uçun nişonlarni belgilab beriş va yönaltirişda yanada foydaliroq.
Turklarning «Bayraktar» nomini olgan TB2 dronlari ijtimoiy tarmoqlarning haqiqiy yulduziga aylangan. Turkiya ularni Suriyada 2020 yil fevralida «Bahor qalqoni» amaliyoti çoğida, undan oldinroq Liviyada Haftar armiyasiga qarşi muvaffaqiyatli qöllagan. Ulardan Qoraboğda ham keng foydalanilgan, endi Ukrainada ham foydalanilmoqda.
Aslida Ukraina armiyasi ança vaqtdan buyon foydalanayotgan «Bayraktar» yoki kamikadze dronlarning samaradorligini baholaş qiyin – ijtimoiy tarmoqlarda faqat muvaffaqiyatli çiqqan zarbalar videolari tarqaladi, qolaversa, bunday zarbalarning oqibatlarini ham doimo aniq baholab bölmaydi.
Ammo «Bayraktar» - bu razvedka ham olib boradigan zarbdor dron emas, balki zarba ham bera oladigan razvedka droni hisoblanadi. Va şuning uçun uning asosiy ahamiyati kuzatuv, razvedka va nişonni belgilab berişdadir.
May oyi boşida ukrain uçuvçisiz uçiş qurilmalari Ukraina aviatsiyasi bilan birgalikda Qora dengizdagi Zmeiniy oroliga zarbalar yölladi. Öşanda «Bayraktar»lar quruqlik va dengizdagi nişonlarga zarba beribgina qolmasdan, orol va uning atrofidagi rossiyalik kuçlar joylaşuvini kuzatiş va razvedka qiliş işlarini ham amalga oşirgandi.
Ukrainaga qanday dronlar yetkazib berildi?
AQŞ – Phoenix Ghost taktik dronlari. 121 dona
AQŞ – Switchblade (kamikadze dronlar). 700 dona
AQŞ – RQ-20 Puma - taktik razvedkaçi dronlar. Soni aniq emas
Turkiya – TB2 Bayraktar razvedkaçi zarbdor dronlari. Soni aniq emas, yetkazib beriş davom etmoqda
Daniya – Heidrun razvedkaçi dronlari. 25 dona.
Dronlar yetkazib berilişi nimani özgartiradi?
AQŞ yetkazmalari röyxatida kamikadze dronlar deb ham ataladigan «osmondagi snaryadlar» bir talay.
Razvedkaçilardan farqli ölaroq, bu bir martalik qurol bölib, ularni amalda havoda uzoq vaqt harakatlanişi mumkin bölgan taktik qanotli raketalar deyiş ham mumkin. Ular ukrain qismlarining imkoniyatlarini oşiradi, ammo bu razvedkaçi dronlar örnini bosa olmaydi.
Ukrainlar faqat yirik hajmli «Bayraktar»lardan foydalanayotgani yöq. Köpinça razvedka va artilleriya uçun nişonlarni belgilab beriş bir nuqtada turib tasvirga oluvçi va kartinkani real vaqt rejimida operatorga uzatuvçi kiçik kopterlar orqali amalga oşiriladi.
Dronlar zarba beriş imkoniyatlari ança yuqori bölgan aviatsiya örnini bosa olmaydi. «Bayraktar» - şturmovik yoki bombardimonçi samolyotlar uçun muqobil vosita emas. Ammo uçuvçisiz uçiş qurilmalarining öz afzalliklari bor. Dronlar ixçam uçiş-qöniş yölaklaridan havoga kötarila oladi, ayrimlarini esa dala maydonida turib ham uçiriş mumkin.
Ukrainlar artilleriyadan yoppasiga öt oçişga emas, zarbalar aniqligiga e’tibor qaratayotgani, Ukraina armiyasida turli bölinmalarning işini muvofiqlaştiriş töğri yölga qöyilgani sababli dronlarning Ukraina qurolli kuçlaridagi rolini e’tibordan çetda qoldirib bölmaydi.
Harbiy ekspertlar hisoblaşiça, Rossiya armiyasi texnika va askarlarini bölib-bölib joylaştirişga e’tiborsiz bölgani va bu ukrainlarga dronlarning aniq yönaltirişi evaziga ta’sirçan zarbalar yöllaşga imkon berganidan kelib çiqqan holda, dronlarning roli yanada ahamiyatli bölgan.
Uçuvçisiz uçiş qurilmalari ikki tomondan ham faol qöllanmoqda, ularning aniq sonini aytiş imkonsiz, birinçidan, ikki tomon ham buni oçiqlamaydi, ikkinçidan, qança dron urib tuşirilganini aniqlaş qiyin, çunki deyarli har kuni dronlardan foydalanilgani haqidagi videolar bilan birga ularning yöq qilingani haqidagi xabarlar ham keladi.
Nazorat va razvedka
Batareyalarga qarşi uruş olib boriş, ya’ni artilleriya pozitsiyalarini nişonga olişga yordam beruvçi yana bir tizim artilleriya radarlari hisoblanadi. Artilleriya front ortidagi yopiq pozitsiyalardan turib qöllanişi inobatga olinsa, batareyalarning joylaşuvini aniqlaş ança qiyin keçadi.
Batareyalarga qarşi radar snaryadlarning uçiş trayektoriyasini kuzatiş orqali batareya pozitsiyasini hisoblab çiqadi. Bu artilleriya qurilmasi öz pozitsiyasidan olib ketilguniça unga qarata tezkorlik bilan öt oçişda yordam beradi. Bunday radarlar ayniqsa tezda joyini özgartirişi mumkin bölgan öziyurar artilleriya ustanovkalari bilan kuraşda qöl keladi. Rossiyada ham «Zoopark-1» nomli batareyalarga qarşi radarlar mavjud.
Ukrainaga qanday radarlar yetkazib berilgan yoki yetkazib berişga tayyorgarlik körilmoqda?
AQŞ. Minomyotlarni kuzatiş uçun batareyaga qarşi radarlar. Tört dona
AQŞ. Batareyaga qarşi radarlar. 17 dona
Niderlandiya. AN/TPQ-36 batareyaga qarşi radarlari. Beş dona
Niderlandiya. Quruqlikdagi Thales Squire Ground Surveillance Radar taktik radarlari. Ikki dona
AQŞ. AN/MPQ-64 Sentinel havo hujumidan mudofaa tizimi radari.
Bundan taşqari, matbuotda Buyuk Britaniya va AQŞdan Ukrainaga boşqa turdagi batareyaga qarşi radarlar yetkazib berilişi haqida xabarlar çiqqan.
Batareyalarga qarşi radarlar nimani özgartiradi?
Bunday tizimlar razvedkaçi dronlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, Ukraina artilleriyasini yanada kuçaytiradi.
Radar nafaqat raqib batareyasi joylaşuvini aniq aniqlaydi, balki bu işni juda tez amalga oşiradi ham.
Artilleriya, ayniqsa öziyurar qurilmalar, javob zarbasidan qoçiş uçun tezda pozitsiyasini özgartirişi mumkin va zarbaga reaksiya tezkor bölişi juda muhim rol öynaydi.
Ukraina qöşinlari intilayotgan aniq zarbalar beriş taktikasi uçun öta muhim bölgan yana bir narsa - razvedka ma’lumotlari taqdim etilişidir. Tijoriy sun’iy yöldoş tasvirlari duşmanning front ortidagi vaziyatini nazorat qilişda yordam beradi.
Xorijiy davlatlar Ukrainaga yana nimalar yetkazib bergan yoki yetkazib bermoqda?
AQŞ – Mi-17V5 vertolyotlari. 16 dona
AQŞ – Stinger köçma zenit raketa majmualari. 1400 dona
AQŞ – turli tankka qarşi majmualar (Javelin’lardan taşqari). 14 ming
AQŞ – Javelin majmualari. 5500 dona
AQŞ – sohil mudofaasi katerlari. Soni noma’lum
Slovakiya – S-300PMU zenit-raketa kompleksi. Bitta batareya
Buyuk Britaniya – Stormer HVM zenit-raketa komplekslari. Soni noma’lum
Buyuk Britaniya – Starstreak zenit-raketa komplekslari. Soni noma’lum