Bugunga qadar Haydarovning noqonuniy yer ajratgani, fuqarolarni haqorat qilgani va boşqa masalalarda qonunga zid xatti-harakatlari jamoatçilik tomonidan keskin qoralab kelingan.
Xususan, 2021 yil may oyida Bahromjon Haydarov naqd uçta me’yoriy hujjatga zid ravişda, ta’sis etilganiga endi 1 oy bölgan firmaga şahar markazidan 14 sotix yer uçastkasini töğridan töğri berib yuborgan. Uning harakatlari yer auksion orqali sotilmagani uçun prezident qaroriga, sotilgan yer maydonida quriliş qiliş Şaharsozlik kodeksi va Andijon şahar boş rejasiga zid bölgan.
2021 yil mart oyida Andijon şahar hokimi qarori bilan ajratilgan katta yer maydoni bölib-bölib sotilgani haqida blogerlar tomonidan turkum maqolalar e’lon qilingan.
Şuningdek, 2021 yil 30 aprel kuni bölib ötgan 19-sessiyada şahar hokimi Bahromjon Haydarovning şaharning Yangi bozor hududida «ELEVADA UT GROUP» MÇJ tomonidan 5 qavatli bino quriş, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlaşga ruxsat beriş töğrisi»dagi qarori deputatlarning faolligi natijasida bekor qilingandi.
Bundan taşqari, Bahromjon Haydarov ötgan yili noyabr oyida fuqaroni haqorat qilgani haqida xabar berilgandi.
Haydarov, şuningdek özini jurnalist va blogerlardan himoyalaş maqsadida maxsus “tan qöriqçi”lar xizmatidan ham foydalanib kelgan.
Andijon şahar hokimining jurnalistlarga qarşi “tan qöriqçisi” bormi?
Eslatib ötamiz, 2016 yildan buyon Andijon şahriga hokimlik qilib kelgan Dilmurod Rahmatullayev 2019 yil avgust oyi oxirida lavozimidan ozod etilgan, uning örniga Andijon viloyati hokimligi moliya boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgan Bahromjon Haydarov vaqtinçalik hokim vazifasini bajaruvçi sifatida












