New York Times'ning aniqlaşiça, rejalar qatorida prezidentga favqulodda holatda qöşimça vakolat beriş bandi ham bor. Ma’lum bölişiça, yadro uruşi vaqtida harakatlar rejasini işlab çiqiş 1950-yillarda boşlangan va Kongress bu haqda heç qanday ma’lumotga ega bölmagani barobarida ularni nazorat ham qila olmaydi. Sovuq uruş davridan buyon bu ma’lumotlar maxfiy hujjatlar yordamida yaşirib kelinadi.

Boşida yadro uruşi vaqtida harbiy holat e’lon qiliş, işonçsiz odamlarni qölga oliş va hatto xorijdagi ma’lumotlarga nisbatan senzura e’lon qiliş közda tutilgan. Ammo oxirgi yillarda bunday holatda nima qilinişi, ya’ni favqulodda harakatlar böyiça prezident direktivalarida nima deyilgani noma’lum.

Jurnalistlar baribir bu sirli jumboqqa yöl topişga urinib körişdi. Ular kiçik Jorj Buş administratsiyasi vaqtidagi hujjatlarni közdan keçirişga muvaffaq bölgan. Buş ma’muriyatining 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyingi harakatlariga aloqador bölgan öşa hujjatlarda yuqoridagi maxfiy harakat rejasiga işoralar bor.

Brennan adolat markazi tomonidan NYT'ga taqdim etilgan hujjatlardan körinadiki, Buş administratsiyasi qonunçilik orqali prezidentga harbiy holatda favqulodda vakolat berişga harakat qiladi. Bu vakolatga köra prezident favqulodda holatda internetni nazorat qila olişi, hatto mamlakatda aloqani uzib qöyiş vakolatiga ega bölişi közda tutilgan. Öşa vaqtda internet katta tezlikda ommalaşayotgani sabab şunday qarorga kelinganini taxmin qiliş mumkin.

2008 yilga oid ekani aytilgan yana bir hujjatda AQŞ Adliya vazirligi Oliy sudning yaqinda çiqargan qarori munosabati bilan yangi prezident farmoni loyihasini körib çiqayotgani aytilgan. Gap Oliy sudning qaysi işi haqida ketayotgani aytilmagan, ammo jurnalistlarning qöliga borib tuşgan hujjat sanasidan bilsa böladiki, biroz avval AQŞ Oliy sudi favqulodda holatda hukumatni öylantirişi mumkin bölgan ikki qaror çiqargan: birinçisi AQŞdagi qurol huquqi töğrisida, ikkinçisi Guantanamodagi mahbuslarning sud majlislaridagi huquqlari töğrisida.

«11 sentabr voqealaridan keyingi harakatlar rejasini ifodalagan hujjatlar amerikaliklar huquq va erkinliklariga bevosita ta’sir qilgan bölardi. Qöşimçasiga Kongress ular ustidan nazorat örnata olmaydi. Bunga esa yöl qöyib bölmaydi», deydi NYT'ga hujjatlarni taqdim etgan Brennan adolat markazi vakili Elizabet Goyteyn.

Ekspertning fikriça, yillar davomida yadro uruşi vaqtidagi harakatlar rejasiga yadroviy hujum qilişdan taşqari yana köplab narsalar qöşilgan. Oxirgi yillarda bu borada hujjatlar soni kengayib, yettita farqli kategoriyalarga bölingan. Ammo ularning mazmuni maxfiy.