Taniqli futbol şarhlovçisi, Özbekiston sport jurnalistlari otaxoni Axbor Imomxöjayev 86 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda uning nabirasi, Özbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxöjayev telegram sahifasi orqali xabar berdi. Qayd etilişiça, janoza 31 may, seşanba kuni soat 10:00 da öqiladi.
Axbor Imomxöjayev 1936 yilning 19 fevralida Toşkentda tavallud topgan. U 1954–1956 yillarda Toşkent viloyati Pedagogika bilim yurtida ta’lim olgan, 1959–1963 yillarda Jismoniy tarbiya instituti futbol bölimini tugatgan.
Faoliyatining dastlabki yillarida maktablarda jismoniy tarbiya öqituvçisi bölib işlagan. Keyinçalik hakamlik, şarhlovçilik va sport jurnalisti sifatida faoliyat körsatgan.
Umrining 60 yildan oşiq qismini özbek futbol rivoji va özbek sporti jurnalistikasiga bağişlagan Axbor Imomxöjayev 1996 yilda «Şuhrat» medali, 2006 yilda Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi faxriy unvoniga sazovor bölgan. Şuningdek, Turon fanlar akademiyasining akademigi va Özbekiston jurnalistlarining «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindori bölgan.
Axbor Imomxöjayev özbek futboliga oid qator kitoblar muallifi ham hisoblanadi. Uning «Futbol quvonçim, dardim, faxrim», «Maftuningman futbol», «Özbegimning Mirjaloli», «Asr futbolidagi asl qadrdonlarim» kabi kitoblari naşr etilgan.

















