Kontrabanda sigaretalarning tarqalişi
Dökonlar peştaxtalari va köçadagi sotuvçilarda aksiz markasi bölmagan, ogohlantiruvçi yozuvlar va suratlar tuşirilmagan, ya’ni Özbekiston bozori uçun möljallanmagan sigaretalarni kundan kunga köproq uçratyapmiz. Ular narxiga köra farqlanadi: juda arzon zumeret, covallo, mond, Milanödan tortib, qimmat, narxi qonuniy markalarnikidan baland Esse’gaça. Statistikaga köra, noqonuniy sigaretalar uluşi ötgan yilda uç baravar ösdi va Farğona viloyatida 30 %ga va butun mamlakatda qariyb 15 %ga yetdi.

Milano fenomeni
Eng keng tarqalgan kontrabanda sigaretasi Milanödek jarangli nomdagi sigaretalar sanaladi. Ularning Italiyaga umuman aloqasi yöq. Aftidan, birgina nom bilan avrab bölmasligini tuşungan çoği, işlab çiqaruvçi yana qöşimça nomlar ham qöşadi: London, Nyu York, Parij. Vodiyda bu sigaretalarni 9000 sömdan topiş mumkin, poytaxtda 12000 va undan qimmatroqqa sotiladi. Kontrabanda qutida mamlakatimiz qonunçiligiga köra zaruriy sanalgan axborot mavjud emas, ammo, berilgan ozgina ma’lumotdan uning işlab çiqaruvçisi Gulbahar Tobacco International ekanini aniqlaş mumkin. Bu işlab çiqaruvçining saytiga kiramiz va noqonuniy biznesga asoslangan köplab fabrikalar kabi u ham Birlaşgan Arab Amirliklari, Dubay şahridagi duty free hududida joylaşganini bilib olamiz. Işlab çiqaruvçining saytiga murojaat qilib, Özbekiston noqonuniy bozorida mavjud ayni markalar körsatilganini köramiz. Bu quyidagiça tarzda işlaydi: sigaretalar göyoki eksport uçun erkin iqtisodiy zonada işlab çiqariladi, ya’ni bu tovarga aksiz va soliqlar tölanmaydi, tovar Özbekiston bozoridagi qonunçilik talablariga muvofiq kelmasligi BAAda heç kimni qiziqtirmaydi. Savdoda yana Milanöning rasmiy, ya’ni kerakli ogohlantiruvçi yozuvlarga ega qutilari ham uçraydi. Töğri, ular 2020 yilda çiqarilgan – bunday eski tovar allaqaçon öz iste’mol sifatlarini yöqotgan böladi. Bunday qutilarda axborot köproq böladi va ulardan bilamizki, bu sigaretalar umuman Dubayda emas, balki Rossiyada, Rostov şahrida işlab çiqarilgan. Oçiq manbalardan ma’lumki, afğonistonlik uç aka-ukaning Özbekistondagi biznesi 90-yillarda sigaretalar ulgurji savdosidan boşlangan. Keyinroq 1995 yilda, aftidan foydaning bir qismini işlab çiqaruvçiga beriş nega zarur, degan fikrga kelganlar şekilli, Dubaydagi erkin iqtisodiy zona – Jabal Alida özlari sigaretalar işlab çiqarişni boşlaganlar. Bu hududda keyinçalik Yevropa, Osiyo mamlakatlariga noqonuniy jönatiladigan aksariyat sigareta işlab çiqarişlari joylaşgan. Keyinroq Rossiyada, Rostovda işlab çiqariş maydonçasi oçilgan. Işlab çiqaruvçi tovar sotiladigan bozor talablariga muvofiq qadoq işlab çiqiş bilan boşini oğritib ötirmaydi – sigaretalar baribir çegaradan kontrabanda yöli bilan ötkazilgaç, buning nima keragi bor – hatto qutiga barça kerakli axborot yozilganda ham, bundan ular qonuniy bölib qolmaydilar.

















