Dunyo tinçlik haqida har qança bong urmasin eng yaqin qöşni, qondoş va bir guruhga mansub ikki millatdan iborat davlatlar örtasida ayovsiz uruş ketmoqda. Köpçilik, hatto Rossiyaning aşaddiy tanqidçilari ham Ukrainaning bir neça kunda qulaşini başorat qilişgandi. Ammo amalda teskarisi böldi va Ukraina nafaqat munosib qarşilik körsata oldi, balki amalda Rossiya askarlarini uruş qonunlarini buzganlikda ayblab birma-bir sud qilmoqda.
Albatta, bu sud mahkamalari köproq körgazmaviy xarakterda va Ukrainaning demokratik prinsiplardan oğişmaganligini bildiradi. Lekin baribir qator savollar tuğiladi. Uruşda, har ikki tomon bir-birini qirğin qilişga astoydil intilayotgan paytda qanday qonunlar haqida gap bölişi mumkin? Bu qonunlar kim tomonidan tasdiqlangan va qaysi sudyalar ular asosida hukm çiqaradi?
Uruş qonunlari tarixi
Insoniyat tarixi uruşlar tarixidan iboratligi köp marta ta’kidlangan. Odamzod yaralibdiki, bir-biri bilan urişib keladi va buning ortidan tabiiyki, qandaydir umumiy tuşunçalar, qoidalar ham şakllana borgan. Yaxşi mujda şuki, asrlar ötgan sari bu ikki tuşunça bir-biriga yot bölsa-da, uruşlarga ham insonparvarlik kirib bormoqda.
Qadimda askarlar jon-jahdi bilan jang qilganlarining qator sabablari bor. Bosqinçilar katta ölja ilinjida, hukmdor qahri va mağlub bölsa begona yurtlarda şubhasiz ölim xavfidan qörqib qattiq kuraşgan bölsa, himoyaga çiqqanlar vatani, bola-çaqasi va mol-mulkini asraş harakati bilan birga mağlub bölsalar, ğolib qanday şart qöyişini bilmay butun vujudlari bilan olişgan. Çunki ğolib tomon hukmdori yoki qömondoni «Qonun bu menman» degan tuşunça böyiça mağlublarning mol-u jonini öz bilganlariça tasarruf etgan.
Islom dini tarqalişi, örta asrlarga kelib Yevropada ritsarlik harakatining kuçga kirişi har qanday uruşlarda ma’lum qoidalarga amal qilişni yölga qöygan.
Xususan, musulmon laşkarboşilari askarlarga qarşilik körsatmaganlarni, bolalar va ayollarni öldirişni qat’iy taqiqlagan. Bosib olingan hududlarda dehqonlar, tabiblar, hunarmandlar va ilm ahliga omonlik berişni yölga qöygan, ğayridinlar bilan erişilgan kelişuvlar buzilmagan. Ekin maydonlarini toptaşga, quduqlarni zaharlaşga, köpriklar va ijtimoiy inşootlarga zarar yetkazişga yöl qöyilmagan. Ölja olişda ham yakka tartibda harakatlaniş, olingan öljani topşirmaslik holatlari jazolangan. Umuman, dinga xayrixohlik bildirgan va şafqat söraganlarga rahm qiliş musulmon askarlariga muntazam uqtirib borilgan.
Albatta, bu umumiy qoidalar bölib, har doim ham ularga amal qilinavermagan. Islom tarixida ham boşqa dinlar kabi öta şafqatsiz hukmdorlar bölganki, ular öz harakatlari bilan dinga katta zarar keltirgan.












