Mamlakatda 2022 yil ğalla örim yiğimi mavsumi boşlanişi munosabati bilan ğalladan böşagan maydonlarda somon poya qoldiqlarini yiğiştirib oliş, ular yoqib yuborilişi holatlarini bartaraf etiş lozim.
Şu sababdan, barça xöjalik hududlarida yetiştirilgan boşoqli don mahsulotlari örib, yiğib olingandan söng, dalalarda somon poya qoldiqlarini yiğiştirib oliş va uşbu hududlarda yonğin sodir bölişi kabi noxuş holatlar oldini oliş böyiça zaruriy çoralar köriş söralgan.
Somon poya qoldiqlari yonişi natijasida atmosfera havosiga uglerod oksidi, azot oksidi, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi inson soğliği uçun zararli bölgan zaharli moddalar ajralib çiqadi.
“Somon poya qoldiqlari yoqilişi nafaqat ona tabiatimizga, balki inson salomatligi bilan bir qatorda iqtisodiyotimizga ham jiddiy zarar yetkazişini ham unutmang”, deyiladi murojaatda.
Somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqilgan hududlarda yer unumdorligi keskin pasayişi, tuproq strukturasi buzilişi hamda yonğin natijasidagi yuqori harorat tufayli makro va mikro elementlar yöq bölib ketişi oqibatida ekin yerlari ball boniteti keskin pasayadi.
Somon poyalari va ularning qoldiqlarining yoqiliş holatiga yöl qöygan huquqbuzarlar va yer egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdori 10 barobarigaça (3 million söm) bölgan miqdorda ma’muriy jarimalar qöllaniladi hamda yonğin sodir bölgan ğalla ekin maydonlari har bir gektariga yetkazilgan zarar böyiça amaldagi tartib asosida iqtisodiy çoralar belgilanadi.












