Marosimda ikki davlat madhiyalari yangrab, mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Şavkat Mirziyoyev boşçiligida har ikki davlat rasmiy vakillari bilan taniştiruv marosimi bölib ötdi.

Özbekiston rasmiylari qatorida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov va Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev ham iştirok etgan.

Şundan söng tomonlar örtasida tor doirada uçraşuv ötkazildi.

Davlat rahbarlari birodar xalqlarimiz örtasidagi köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalariga asoslangan özaro manfaatli Özbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralarda asosiy e’tibor ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibini tubdan kengaytiriş masalalariga qaratildi.

Keyingi olti yilda hamkorlikning barça yönalişlarda yutuqlarga erişildi. Oliy darajadagi muzokalarda erişilgan kelişuvlar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari örtasida muntazam almaşinuvlar yölga qöyilgan.

Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon köp qirrali Özbekiston-Tojikiston strategik şerikligini yanada rivojlantiriş yölidan qat’iy borişlarini tasdiqladilar.