Urganç şahrida «Jaloliddin Manguberdi maktabi» qurilişiga ramziy tamal toşi qöyildi. Bu haqda Şimoli-ğarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi – harbiy-ma’muriy sektor rahbari Farhod Ermanov, tuman hokimligi, mudofaa işlari boşqarmasi hamda boşqa mutasaddilar iştirok etdi.

2023-2024 öquv yilidan öz faoliyatini boşlaydigan uşbu ta’lim muassasasi 300 öringa möljallangan bölib, unda birinçi yili 150 nafar hamda keyingi yil yana 150 nafar öquvçi qabul qilinadi. 

Yoşlar örtasida harbiylikka, vatan himoyaçisi degan şarafli va obröli kasbni egallaşga bölgan talab va takliflar ortib borayotgani inobatga olinib, mazkur muassasa qurilişi uçun mahalliy budjet mablağlaridan deyarli 30 milliard sömga yaqin pul mablağlari ajratilgan.

Muassasada 4 qavatli öquv binosi, 300 örinli yotoqxona, oşxona, madaniyat saroyi, harbiy tayyorgarlik maşğulotlari uçun jangovar tayyorgarlik maydonçalari, sport majmuasi hamda zarur bölgan boşqa ijtimoiy va öquv obektlar qurilişi rejalaştirilgan.