Biznes yuritişda öziga yaraşa xavf-xatar (risk)lar mavjud va ularni katta moddiy yöqotişlarga olib kelişi mumkin bölgan yoqimsiz, salbiy hodisalar deb ta’riflaş mumkin. Ular obröga, moliyaviy holatga ta’sir qilişi, soliq, valuta, narx-navo, bozor va boşqa jabhalar orqali biznesga putur yetkazişi mumkin.
Biznes kattalaşib, murakkablaşib borgani sari risklarni boşqariş ham qiyinlaşib boradi, xavf-xatarlar salmoqli va ular yetkazişi mumkin bölgan zararning yuki ham oğirlaşib boradi.
Merfi qonuniga köra, notöğri ketişi mumkin bölgan har qanday narsa, qaçondir baribir izidan çiqadi. Yoki halq tili bilan aytganda, devorda osilib turgan miltiq qaçonlardir öq uzadi.
Nimani nazarda tutayotganimni tuşundingiz, çamamda... Demak, biznes egasi va boşqaruvçisining vazifasi – şu kabi köngilsiz voqealarning oldini olişdir.
Xavf-xatar tabiatiga köra, agar u boşqarilmasa, zaxarli gaz kabi barça böş hududni egallab oladi. Xavf-xatarni boşqariş orqaga surilgani sari, xuddi sodir böliş ehtimoli ösib borgani kabi, uning salbiy oqibatlari faqat kuçayib boradi. Şunday ekan, taşkilot egalari va rahbarlari oldida xavf-xatarlarni, ularning sodir böliş ehtimolini, zarar kölamini aniqlaş va ularni boşqariş usullari va vositalarini takomillaştirib boriş böyiça uzluksiz faoliyat olib boriş talab etiladi. Bu jarayon xavf-xatarni boşqariş yoki biznes tilida risk-menejment deb ataladi.
Lekin ba’zan xavf-xatarlarni kamaytiriş şart emas, yöllarda ba’zi çuqurlarni aylanib ötmasdan, ularning ustidan, ularga tuşmasdan ötib ketiş mumkin bölgani kabi. Ba’zan taşkilotga 10 mln sömlik zarar keltirişi mumkin bölgan xatarga, uning ehtimoliy zararidan ança köp mehnat va resurs sarflanadi. Şu bilan birga, biznes uçun birinçi darajali xatarlar kerakli e’tiborsiz qolib ketadi.
Xavf-xatarni boşqarişdagi samarali vositalardan biri bu – xavf-xatar/risk matritsasini işlab çiqişdir.
Xavf-xatar matritsasi – bu katta ehtimol bilan sodir böladigan va jiddiy salbiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni boşqariş usulidir. Bunda xavf-xatarlarning eng kattalariga yuqori ball beriladi. Taşkilot uçun ta’siri kiçik va sodir bölişi ehtimoli yuqori bölmagan xavf-xatarlarga past ball qöyiladi va ularni öz holiga qöysa böladi.


Aytgança, agar biznes egasi faqat bir biznesga egalik qilsa, bir matritsa bilan kifoyalansa böladi. Agar biznes köp qirrali bölsa, har bir yönaliş uçun alohida matritsa işlab çiqiş maqsadga muvofiqdir. Yirik investitsion loyihalar uçun ham har bir xavf-xatarni alohida körib çiqiş tavsiya etiladi.
















