Qayd etilişiça, ziç qilib betonlaş yoki daraxt tanasiga yaqin qilib asfalt yotqiziş suğoriş, tuproqning nafas olişi va daraxt ösişi uçun joy qoldirmaydi. 

“Ammo birgalikda biz daraxtlarni saqlab qolişimiz va beparvo quruvçilarning harakatlaridan zararni bartaraf etişimiz mumkin.

Sizlarni faol harakatga va befarq bölmaslikka çaqiramiz: agar daraxtlar atrofi ziç qilib betonlangani yoki asfalt yotqizilayotganini körsangiz, “Xalq nazorati” xizmatining maxsus bölimiga xabar bering. U daraxtni betonlaş haqidagi ma’lumotlarni maqsadli qayta işlaş uçun yaratilgan va töğridan töğri ijroçilar bilan tezda boğlanişga yordam beradi.

“Xalq nazorati” → “Jamoat joyi” → “Ekologiya” bölimi → “Betonlangan daraxt tanasi” bandini tanlang”, deyiladi ma’lumotda.

Bildirilişiça, daraxtlar bilan boğliq muammolar haqida 268 ta xabarning 66 tasi betonlaş boğliq. 61 ta daraxt betondan ozod qilingan, qolgan 5 tasida iş jarayoni ketmoqda va nazorat ostida (31 may holatiga köra).

Hokimlik bunday muammolar haqida xabar beruvçi, ular bartaraf etilganidan keyin betondan ozod qilingan daraxtlar fotosuratlarini e’lon qiluvçi Telegram kanallarga minnatdorçilik bildirgan. Yeçim yanada tezroq bölişi uçun esa, foydalanuvçilardan töğridan töğri “Xalq nazorati”ga murojaat qiliş söralgan.

Ma’lumot uçun, “Xalq nazorati” xizmati poytaxt aholisi va Toşkent şahridagi şahar xizmatlari xodimlarining samarali hamkorligi uçun interaktiv xizmatdir. Xizmat 2021 yil 16 fevralda işga tuşirilgandan buyon 9222 nafar foydalanuvçi röyxatdan ötgan bölib, ularning murojaatlari böyiça 8377 ta muammo bartaraf etilgan. Murojaatlarning aksariyati uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasiga tegişli.