Yevropa Ittifoqi deyarli bir oy davomida muhokama jarayonida bölgan Rossiyaga qarşi sanksiyalarning oltinçi paketini e’lon qildi. Neft embargosi borasida Vengriyaning qarşiligi sabab qabul qilinişi çözilib ketgan bu galgi sanksiya röyxatiga 65 nafar Rossiya va Belarus fuqarolari, 18 ta yuridik şaxs kiritilgan.
«Qora röyxat»da «Yandeks» asosçisi Arkadiy Voloj, figurali uçiş böyiça Turin olimpiadasi çempioni Tatyana Navka va badiiy gimnastika böyiça Afina olimpiadasi çempioni Alina Kabayeva kabi maşhur nomlarni köriş mumkin. Navka Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xotini hisoblanadi. Ularning farzandlari Yelizaveta hamda Nikolay ham sanksiyaga uçragan.
«Rosneft» sobiq rahbari Eduard Xudaynatov, milliarder Andrey Melniçenkoning xotini Aleksandra Melniçenko, milliarder Aleksey Mordaşovning xotini Marina Mordaşova, tadbirkor Yevgeniy Prigojinning öğli Pavel ham sanksiyaga uçragan.
Sanksiyalar röyxatida yaqqol közga taşlanadigan rossiyalik Alina Kabayeva hisoblanadi. Oldinroq Britaniya sanksiyalariga uçragan Kabayeva Rossiya prezidenti Putin bilan yaqin munosabatda ekani aytiladi. Wall Street Journal naşri Kabayevaning Putindan kamida uç nafar bolasi borligini yozgan.
Sanksiyaga tuşgan korxonalar röyxatida «Kamaz», «UAZ», «Voyentorg» kabilarni uçratiş mumkin. YeI joriy qilgan sanksiyalarning oltinçi paketidagi asosiy çeklov Rossiya neftiga qaratilgan. Unga köra, endilikda ittifoq davlatlari dengiz orqali Rossiyadan neft sotib olmaydi. Faqat Vengriya, Çexiya va Slovakiya kabi dengizga çiqa olmaydigan davlatlar istisno tariqasida «Drujba» quvurli ötkazgiçi orqali Rossiyadan neft olişda davom etadi.














