«Bir neça portlaşlar böldi. Tegişli xizmatlar voqea joyida işlamoqda», deya yozdi Kliçko öz telegram-kanalida. Keyinroq u zarbalar natijasida halok bölganlar yöqligi, bir kişi şifoxonaga yotqizilganini xabar qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, raketalar infratuzilma obektlariga kelib tuşgan. Guvohlar portlaşlardan keyin yonğin çiqqani haqida xabar berişgan. «Ukrzaliznytsya» (Ukraina temiryöllari) kompaniyasi kuzatuv kengaşi a’zosi Sergey Leşçenko telegram-kanalida temiryöl infratuzilmalariga ham zarbalar kelib tuşganini ma’lum qilgan.

Ukraina regionlaridan kelgan xabarlarga köra, Kramatorsk, Lisiçansk, Kiyev oblastidagi Brovarov şaharçasiga ham zarbalar berilgan. Lugans oblasti rahbari Sergey Gaydayning ma’lumotiga köra, Lisiçansk öqqa tutilişi oqibatida bir ayol halok bölib, ikki erkak yaralangan.

Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko 4 iyun kuni oblast hududi öqqa tutilişi oqibatida jami olti kişi halok bölib, töqqiz kişi yaralanganini xabar qilgan. Özini özi mustaqil deb e’lon qilgan DXR rahbariyati Donetskka berilgan zarba oqibatida 13 kişi yaralanganini ma’lum qilgan.

Kiyevdan 25 km masofada joylaşgan Brovarov şahri meri Igor Sapojko feysbukdagi sahifasida zarbalar aholi punktlariga juda yaqin hududga berilganini xabar qilgan. U portlaşlardan keyin poytaxtda tutun hidi paydo bölganini qöşimça qilgan.

Ukraina harbiy-havo kuçlari feysbukdagi sahifasi orqali, dastlabki ma’lumotlarga köra, raketalar Kaspiy dengizi akvatoriyasida turib Tu-95 samolyotlaridan uçirilganini xabar qildi. Harbiylarning tasdiqlaşiça, tonggi soat 6 atrofida Kiyev yönalişida bir qança raketalar uçirilgan, ulardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi orqali yöq qilingan.

Zavodda harbiy texnikalar bölganmi?

Yakşanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konaşenkov Kiyevga berilgan zarbalar nişoni Kiyev atrofidagi «vagon ta’mirlaş korxonalari korpusi»ga joylaştirilgan ukrain zirhli texnikalari bölgan.

«Rossiya harbiy kosmik kuçlari yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Kiyev atrofida Şarqiy Yevropa davlatlari tomonidan yetkazib berilgan T-72 tanklari va boşqa zirhli texnikalarni yöq qildi», deya ma’lum qilgan Konaşenkov [iqtibos TASS agentligiga tegişli].