2022 yil 4 iyun kuni atoqli davlat arbobi, Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning yordamçisi Georgiy Kraynov vafot etdi. Bu haqda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmua xabar berdi.

Georgiy Kraynov 1933 yil 21 noyabrda Andijon şahrida tuğilgan. Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini «Andijon haqiqati» gazetasida boşlagan. Korrektor, muharrir, mas’ul kotib, boş muharrir örinbosari lavozimlarida işlagan. 

1976 yilda Kraynov Özbekiston kompartiyasi markaziy qömitasining tarğibot va taşviqot bölimi gazeta va jurnallar sektori mudiri lavozimida iş boşlagan. Oradan bir yil ötib, Özbekiston kompartiyasi markaziy qömitasi birinçi kotibining yordamçisi etib tayinlangan. Şarof Raşidov bilan uzoq yillar birga işlagan. 

Georgiy Kraynov Özbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan mas’uliyatli lavozimlarni – Özbekiston prezidentining yordamçisi, Özbekiston prezidenti qabulxonasi boş maslahatçisi lavozimlarini egalladi. Sönggi yillarda Özbekiston prezidenti devonining umumiy bölimi protokol sektori mudiri lavozimida işlab kelgan.

2018 yildan to umrining sönggi kunlarigaça Özbekiston prezidenti huzuridagi Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yetakçi ilmiy xodim sifatida faoliyat körsatgan. 

U bir neça bor davlat mukofotlari: «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, «Döstlik», «Mehnat şuhrati» ordeni, «Sodiq xizmatlari uçun» medallari bilan taqdirlangan.