Pandemiyadan keyingi va hozirgi iqtisodiy qiyin şaroitda ijtimoiy loyihalarga pul ajratadigan davlatlar juda kam. Mamlakatimizda odamlarning muşkulini oson, uzoğini yaqin qilişga qaratilgan xayrli işlar bir zum töxtagani yöq.

2020 yilda Toşkent yerusti halqa metrosining “Döstlik-2” bekatidan “Qöyliq” bekatigaça bölgan birinçi bosqiçi qurilgan edi. Bugungi kunda Qöyliqdan Sergeli yönalişining 5-bekatiga eltuvçi ikkinçi bosqiç barpo etilmoqda. Hozirgi kungaça 200 dan ziyod tayanç ustunlar örnatilib, estakadalar qurilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu işlarning sifatini közdan keçirdi.

– Yerusti metrosi quriş tajribamizda yöq edi. Biz yangi tarix yaratayapmiz. Şuning uçun yölning mustahkamligini yana bir marta jiddiy körib çiqiş kerak. Ikkinçidan, metroda, bekatlarda odamlar uçun zamonaviy, elektron xizmatlarni köpaytiriş zarur, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yerusti metrosining qariyb 12 kilometrlik bu qismida 7 ta bekat böladi. Ular orasidagi qatnov vaqti 13 daqiqani taşkil etadi. Mazkur yönaliş bir kunda 40 mingga yaqin yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega böladi.

Buning evaziga şaxsiy transportlarga ehtiyoj kamayib, tirbandlik bartaraf etiladi. Xususan, Qöyliq – Sergeli yönalişida harakatlanadigan kunlik avtomobillar soni 32 mingtagaça qisqarib, transport oqimi 12 foiz kamayişi mumkin.

Umuman, uşbu bosqiç qurib bitkazilişi bilan Toşkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta böladi. Metroda yuruvçi kunlik yölovçilar soni 600 minggaça yetadi. 245 ta yangi iş örni yaratiladi.

Şu yerda Toşkent şahrida jamoat transportini rivojlantiriş va metropolitenda yölovçilarni köpaytiriş loyihalari taqdimot qilindi.

Unga köra, jamoat transporti bilan yaxşi qamrab olinmagan mahallalarga 12 ta yangi avtobus yönalişi oçilib, metro bekatlari bilan boğlanadi. Şuningdek, Toşkent viloyatidan poytaxtga kirib keluvçi 9 ta katta yölda tezkor avtobus qatnovlari taşkil etiladi.

Toşkent davlat transport universiteti tomonidan çet ellik ekspertlar bilan birgalikda, metropolitendan foydalaniş darajasini oşiriş çora-tadbirlari işlab çiqilgan. Xususan, qöşimça jamoat transporti yönalişlari oçiş va ularni yölovçi kam metro bekatlariga boğlaş, poyezdlar vagonini 5 ta qiliş va qatnov oraliğini qisqartiriş kabi çoralar közda tutilgan.