Lyuksemburgdagi Yevropa sudi Google’ga qarşi antimonopoliya hamda Apple’ga qarşi noqonuniy soliq imtiyozlarini oliş böyiça quyi instansiya sudlarining qarorini tasdiqladi, deb xabar beradi The New York Times.
Google işida sud Yevrokomissiyaning 2017 yilda kompaniyani bozordagi ustun mavqeini suiiste’mol qilganlik uçun 2,4 milliard yevro jarimaga tortiş böyiça qarorini ma’qulladi. 2021 yilda Google bu iş böyiça apellyatsiyada yutqazgan edi. Lyuksemburgdagi sud oxirgi instansiya bölib qolayotgandi.
Apple işida sud oldingi qarorni bekor qildi va Yevrokomissiyaning 2016 yilda kompaniya Irlandiyada noqonuniy ravişda soliq imtiyozlarini olgani böyiça qarorini qöllab-quvvatladi. Komissiyaning ta’kidlaşiça, kompaniya tomonidan olingan imtiyozlar Irlandiya tomonidan davlat yordami sifatida körsatilgan. Xususan, komissiya e’tirozi asosan soliq bazasidan intellektual mulk litsenziyasidan foydalanganlik uçun olingan daromad çiqarib taşlanganiga bölgan. Endi Irlandiya Apple’dan 13 milliard yevro miqdorida tölanmagan soliqlarni undirişi kerak.
Apple davlat yordami böyiça ayblovni rad etgan va 2020 yilda Yevropa Ittifoqining quyi sudida Yevrokomissiya qarorini bekor qilişga erişgan, ammo yuqori instansiya sudi aynan şu qarorni bekor qildi.
Google işi böyiça sud qarorini ğarb naşrlari antimonopoliya yevrokomissari Margret Vestagerning ğalabasi deb atamoqda — u uşbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotganidan beri monopoliyaga qarşi faol kuraşyapti.
Vestager Apple’ga qarşi işga izoh berar ekan, sud qarorini muhim deb atab, bu Yevropa soliq tölovçilariga vaqti-vaqti bilan soliq adolatiga erişiş mumkinligini körsatib qöyişga imkon berişini ta’kidladi.

















